Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
171
tushsa, darhol namozga kirishardi". 
Alloh taolo Yunus (a.s.) qissasida aytadi: 
"Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) 
qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan 
(ya’ni, halok bo‘lgan) bo‘lur edi"
(Saffot, 143-144). 
Ibn Abbos ushbu oyatning tafsirida u zotni (a.s.) namozxonlardan bo‘lgan edi, deb 
tushuntiradilar. 
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Kengchilikda tazarru’ qilish tushayotgan 
balodan panoh so‘rashlikdir". 
378/1. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Mo‘minga ikki rak’at namoz o‘qishdan ko‘ra 
yaxshiroq narsa berilmadi". 
Ibn Sirrin (r.a.) aytadilar: "Jannat yoki ikki rak’at namozni tanlash ixtiyori berilganida
ikki rak’at namozni ixtiyor qilardim. Chunki namozda Allohning rizosi bor, jannatda esa
mening roziligim". 
Aytilishicha, Alloh taolo yetti osmonni yaratganda uni maloikalar bilan to‘ldirdi va ularni 
namozga buyurdi. Bas, ular bir soat ham dam olmaydilar. Har bir samo ahliga har xil 
ibodatlarni buyurdi. Birlari sur chalinguncha oyoqlarida qiyomda turadi, bir xillari 
hamisha ruku’da, bir xillari doim sajdada, yana birlari qanotlarini yoyib, ibodatda bo‘ladi. 
Illiyyun va arsh ahllari arshning atrofini tavof qiladi. Rabbilariga hamd va tasbeh aytadi, 
yerdagilarga istig‘for so‘raydi. Alloh bu ibodatlarning hammasini mo‘minlar hurmati 
uchun bir namozga jam qildi. Toki ular har bir osmon ahli qilgan ibodatdan nasiba olsin. 
Va ularga Qur’onni ziyoda etdi, uni namozda tilovat qiladilar. Alloh taolo ulardan 
namozning shukrini talab qildi. Namozning shukri uni shart va chegaralari bilan ado 
qilishdir. Alloh taolo aytadi:
"(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga 
ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin