Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
Oltinchisi, niyat.
383. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hamma amallar niyatga ko‘ra,
har bir kishi niyatiga qarab oladi".
Yettinchisi, takbir.
384. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Namozda
boshqa amallarni
harom qiluvchi – takbir va halol qiluvchi – salom berish".
Sakkizinchisi, qiyom. Alloh taoloning so‘zi:
Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar"
(Baqara, 238). Ya’ni, Alloh uchun turib
namoz o‘qinglar.
To‘qqizinchisi, qiroat. Alloh taolo aytadi:
"Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qinglar"
(Muzammil, 20).
O‘ninchisi, ruku’. Alloh taolo aytadi:
"Va ruku’ qilinglar"
(Baqara, 43).
O‘n
birinchisi, sajda.
"Va sajda qilinglar"
(Haj, 77).
O‘n ikkinchisi, oxirgi qa’da.
385. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kishi
oxirgi sajdadan boshini
ko‘tarib tashahhud miqdorida o‘tirsa, uning namozi to‘kis bo‘libdi".
Qachon mana shu o‘n ikki ish topilsa, endi ularning to‘kis bo‘lishi
uchun ixlosga muhtoj
bo‘ladi. Chunki Alloh taolo:
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!"
(Fofir, 14) deb
aytgan.
Bu xususdagi ilm uch turlidir:
– sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi;
– tahoratdagi farz
va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi
sabablaridandir;
– shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq.
Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan:
– qalbni adovat,
hasad va aldovdan pok qilish;
– badanni gunohlardan poklash;
– a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish.
Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan:
– uning asli halol bo‘lmog‘i;
– najosatdan pok bo‘lmog‘i;
– sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: