Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
162
349. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida yig‘ladilar.
Ko‘zlaridan yosh oqdi. U zotga Abdurahmon (r.a.): "Ey Rasululloh, yig‘layapsiz-ku,
yig‘idan qaytargan edingiz-ku?" dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Yo‘q,
balki baqirib, aytib yig‘lashdan qaytarganman. Bu ikki ovoz ahmoq fojir ovozdir.
Va yuzlarini timdalashdan, yoqalarini yirtishdan, shaytonning ovozidan, qo‘shiqchilarning
ovozidan qaytarganman, chunki ular behuda narsa bo‘lib, shaytonning qulidir. Lekin bu
yig‘lash
Allohning rahmati, uni rahm qiluvchilarning qalblariga soladi. Kim rahm qilmasa,
rahm ko‘rmaydi". Keyin aytdilar: "Qalb xafa bo‘ladi, ko‘z yig‘laydi, Allohning g‘azabini
keltiruvchi so‘zni so‘zlamaymiz".
Hasan Basriy aytadilar: "Alloh taolo sizlardan xato va esdan
chiqarishning gunohini
ko‘tardi va yana majbur qilingan ishlaringizni va toqatingizdan ortiq narsalarni ham
kechirdi. Sizlarga zarurat hollarda ba’zi harom narsalarni halol qildi.
Sizlarga beshta
narsa berdi: Dunyoni ortig‘i bilan berdi va uni qarz sifatida qayta so‘raydi. Dunyodan
xursand bo‘lib berganlaringizni o‘n barobardan to yetti yuz
barobarigacha ziyoda qilib
qaytarishni va’da berdi; sizlardan ba’zi narsalarni olib qo‘ydi, qanoat va sabr qildinglar,
keyin bu bilan sizlar uchun salovot va rahmatni berdi:
"Ana o‘shalarga
Parvardigorlari tomonidan salovot va rahmat bordir"; "Agar shukr qilsanglar,
Dostları ilə paylaş: