Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
184
bo‘ladi. Bu kunda menga salovotni ko‘p aytinglar. Zero, sizlarning salovotingiz menga
yetkaziladi", dedilar u zot. Shunda sahobalar so‘rashdi: "Bizning salovotimiz qanday qilib
sizga yetkaziladi, sizning jasadingiz chiriydi-ku?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Sizlar, jasadingiz chiriydi, deysizlarmi? Alloh taolo yerga payg‘ambarlarining
(a.s.) jasadlarini yeyishni harom qilganini bilmaysizlarmi?"
418. Faqih aytadilar: Abul Ash’as Avsdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam jum’ani zikr qilib turib aytdilar: "Kim yuvib, yuvinsa, erta turib, ertaroq
jum’aga borsa va minbarga yaqin joyda o‘tirsa, xutbaga jimgina quloq tutsa va lag‘v
(be’mani gap) qilmasa, bosib kelgan har bir qadamiga bir yillik ro‘za va namozning ajri
yoziladi".
Muhammad ibn Fazl aytadilar: "Yazid ibn Horundan "yuvsa va yuvinsa", degan
so‘zlarning ma’nosini so‘radim. "Yuvsa", deganlari
tahorat joylarini yuvish, "yuvinsa",
deganlari butun badanlarini yuvish, deb javob qildilar. "Erta turib, ertaroq", deganlari
haqida so‘radim. Erta turib yuvinib, ertaroq jum’aga kelsa, ma’nosidadir, dedilar".
419. Abu Hurayra (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh
hech bir kunda jum’a kunidagidan afzal bo‘lib chiqmaydi va botmaydi. Bu kundan inson
va jinlardan boshqa yer yuzidagi bor jonzot qo‘rqadi. Masjidlarning
eshiklari oldida
ikkitadan farishta o‘tirib olib, bir-bir yozadi. Birinchi kelgan tuya qurbonlik qilgan kishi
kabi, keyin qo‘y qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qush qurbonlik qilgan kishi kabi va
keyin tuxum qurbonlik qilgan kishi kabi. Imom minbarga o‘tirsa, sahifalar yopiladi".
420. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim
jum’a kuni tahoratini chiroyli qilib, keyin jum’aga kelsa, azonni eshitsa,
minbarga yaqin
o‘tirib, jimgina tinglasa, ikki jum’a orasidagi gunohlari kechiriladi. Kim toshni ushlasa, u
lag‘v qilibdi, kim lag‘v qilsa, uning uchun jum’a yo‘qdir".
421. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
"Quyosh chiqadigan kunlarning yaxshisi jum’adir. U kunda Odam yaratilgan va u kunda
jannatga kiritilgan hamda u kunda jannatdan tushirilgan. U kunda qiyomat bo‘ladi va u
kunda shunday bir soat borki, mo‘minning Allohdan so‘ragani shu soatga to‘g‘ri kelsa,
so‘raganini unga beradi".
Abdulloh ibn Salom aytadilar: "Men o‘sha soatni bildim. U kunduzning oxiridadir. Bu
soatda Odam (a.s.) yaratilgan. Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: