www.ziyouz.com kutubxonasi
187
______________
Jum’aning fazilati bobi hadislari 417-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
418-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
419-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
420-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
421-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
422-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
423-hadis. Hasan. Ahmad, Ibn Mojja, Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
424-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
425-hadis. Zaif. Shofe’iy “Al-umm” va “Musnad”da, Ibn Jarir tafsirida keltirgan.
426-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
O‘TTIZ BESHINCHI BOB MASJIDLARNING HURMATI 427. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan
rivoyat qiladilar: "Sizlardan birontangiz masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qimasdan
o‘tirmasin".
Faqih aytadilar: Bu ish muboh vaqtda bo‘lsa joiz, ammo asr namozini o‘qigandan keyin
yoki bomdoddan keyin masjidga kirsa, namoz o‘qimog‘i joiz emas. Chunki bu vaqtlarda
namoz o‘qishdan qaytarilgan, lekin tasbeh va tahlil aytsa bo‘ladi, shuningdek,
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa ham, joiz va bular bilan
namozning fazliga yetib, masjid haqqini ado qiladi.
428. Abu Dardoga (r.a.) Salmon Forsiyning xizmatkor sotib olganlari xabari yetdi. Abu
Dardo u kishiga xat yozib, bu ishi uchun tanbeh berdilar. Xatlarida quyidagilar yozilgan
edi: "Ey birodarim, senga balo kelmasdan oldin ibodat uchun forig‘ bo‘lgin. Balo
tushgandan keyin ibodatga qodir bo‘lmaysan. Balolangan mo‘minning da’vatini g‘animat
bil va yetimlarga rahm qil, boshlarini sila. Taomingdan berib, ularni taomlantir. Shunda
qalbing yumshaydi, hojatinga yetasan. Men bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamga bir kishining qalbi qattiqligidan shikoyat qilganini ko‘rgan edim. Shunda
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar: "Qalbing muloyim bo‘lib, hojating
chiqishini xohlasang, yetimlarga rahm qil, boshini sila va ularni taomingdan taomlantir".
Ey birodarim, masjid uying bo‘lsin, men Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam
eshitdimki, "Masjidlar taqvodorlarning uyidir. Alloh taolo kimning uyi masjid bo‘lsa,
ularga rohat va xursandchilikning kafolatini beradi, sirot ustidan o‘tishiga va do‘zaxdan
najot topishga Parvardigorning roziligini olishiga ham kafil bo‘ladi", deganlar u zot".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Hakim ibn Umayr aytadilar:
"Dunyoda mehmondek bo‘linglar, masjidlarni uy qilib olinglar va qalblaringizni
yumshoqlikka odatlantiringlar. Tafakkur va yig‘ini ko‘paytiringlar. Hoyu havas sizlarni
ixtilofga solib qo‘ymasin".
Qatoda (r.a.) aytadilar: "Mo‘min faqat uch joydagina ko‘rinadi: Obod qilgan masjidida,
turadigan uyida, zarur bo‘lgan hojatlari uchun".
Nazzol ibn Sabra aytadilar: "Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir".
Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat. U kishi masjidda o‘tirgan edilar. Xizmatkori kelib, bir narsa
so‘radi. U kishi o‘rnidan turib, masjiddan chiqdilar va unga javob berdilar. Bu holning
sababini so‘rashgan edi: "Dunyo so‘zini masjidda falon yildan beri gapirmagan edim.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy