Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
186
ko‘rsatib qo‘yishdi. Kelib, kirishga ruxsat so‘radi. "Men Solih Marriy bo‘laman", dedi. 
Ruxsat olgach, uyga kirdi va: "So‘zimizni hech kim eshitmasin", dedi. Oralarida parda 
bor edi. Yaqin borib: "Alloh senga rahm qilsin, o‘g‘ling bormi?" deb so‘radi. Onasi: 
"Yo‘q", dedi. "O‘zi o‘g‘ling bor edimi?" deb so‘radi. Onasi chuqur xo‘rsinib: "Yosh bir 
o‘g‘lim bor edi", dedi. So‘ng unga tushida ko‘rganlarini aytib berdi. Ayol yig‘ladi, 
ko‘zlaridan yosh duvillab oqardi. Keyin: "Ey Solih, u mening o‘g‘lim, yuragim unda edi, u 
qornimda ko‘targan bolam edi, siynalarim bilan unga sut berganman, quchog‘im unga 
yostiq edi, – dedi va unga ming dirham berdi, – buni ko‘zim quvonchiga sadaqa qilgin, 
uni endi qolgan umrimda duo va sadaqalar bilan eslab turaman", dedi so‘ngra. 
Solih Marriy aytadi: "U yerdan ketganimdan keyin ming dirhamni sadaqa qildim. Bir 
jum’a kuni jum’ani o‘qiyman deb, ketayotib, o‘sha qabristonga keldim va ikki rak’at 
namoz o‘qidim, so‘ng qabrga suyanib ozgina uxlab oldim. Shunda men oldin ko‘rgan 
qavm chiqdi. O‘sha yigit ham ularning orasida oppoq kiyimda xursand holda yurardi. 
Keyin menga yaqinlashib aytdiki: "Ey Solih Marriy, Alloh seni yaxshi ajr bilan 
mukofotlasin, menga ham sadaqa yetib keldi", dedi. Men undan: "Jum’ani bilasizlarmi?" 
deb so‘radim. "Ha, uni havodagi qushlar ham biladi va solih kunga salom bo‘lsin (ya’ni, 
jum’a kuniga), deb aytishadi", dedi. 
425. Faqih aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Jabroil alayhissalom 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘llarida oq oyna bilan keldi. Uning 
o‘rtasida qora nuqta bor edi. U zot: "Ey Jabroil, bu nima?" deb so‘radilar. "Bu jum’a 
kunidir. Alloh taolo uni sizga va sizdan keyin ummatingizga bayram bo‘lmog‘i uchun 
berdi. Bu kunda sizlar uchun yaxshiliklar bor. Agar bu kunda kim yaxshi duo qilsa
so‘ragan narsasi uning qismati bo‘lsa, Alloh uni beradi. Agar uning qismatida bo‘lmasa, 
uni u uchun qiyomat kuniga zahira qilib qoldiradi. U kun bizning nazdimizda ziyoda 
qilingan kun va biz uni kunlarning sayyidi deb nomlaymiz", dedi Jabroil (a.s.). 
Payg‘ambar alayhissalom: "Nima uchun?" deb so‘radilar. Aytdi: "Chunki Rabbingiz 
jannatda muattar hidli vodiy yaratdi, unda oq mushkli tepaliklar bor, jum’a kuni bo‘lsa, 
payg‘ambarlar kelib, javharlar bilan o‘ralgan, nurli minbarlar ustiga o‘tirishadi, so‘ng u 
minbarlarning orqasini nurdan bo‘lgan kursilar bilan o‘rashadi. Siddiqlar, shahidlar kelib, 
unga o‘tiradilar, keyin Adn jannati ahllari kelishadi. Oq mushkli tepalik ustiga o‘tirishadi. 
Ularga Alloh aytadi: "Men sizlarga bergan va’damning ustidan chiqdim va sizlarga 
ne’matimni mukammal qildim. Bu Mening karomatim mahalidir. Bas, mendan 
so‘ranglar". Ular aytadilar: "Ey Rabb, Sendan roziligingni va jannatingni so‘raymiz". 
Alloh aytadi: "Roziligim bo‘lgan jannatga sizlarni kirgizaman va sizlarni karomatimga 
yetkazaman". So‘ngra ular Undan rozilik so‘raydilar, ularga rizoligini hadya qiladi va 
ularga rag‘batlari va orzu qilganlaridan ham ko‘proq beradi. Bu mukofot imomlaringiz 
jum’adan qaytguncha bo‘lgan vaqtning savobidir. Ularga odamzot xayoliga kelmagan
ko‘z ko‘rmagan ne’matlarni beradi. Keyin payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar qaytishadi, 
koshona egalari ham o‘z koshonalariga qaytadi. Ular jum’a kunidan boshqa biror 
narsaga muhtoj emaslar. Albatta, unda karomatlar ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun, 
ziyoda qilingan kun, deb nomlandi va qiyomat ham shu kunda qo‘padi". 
426. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Jamoat 
bilan o‘qilgan namozlar va jum’a namozlari o‘rtadagi gunohlarga kafforatdir, modomiki, 
katta gunohlardan saqlangan bo‘lsa". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin