www.ziyouz.com kutubxonasi
200
bo‘yi bo‘lmog‘ini orzu qilardi". Xuzo’a qabilasidan bir kishi: "Ey Allohning elchisi, bu oyda
nimalar borligini bizga aytib bering", dedi. Aytdilar: "Jannat ramazon uchun yildan yilga
bir marta ziynatlanadi. Birinchi ramazon kechasi arshning tagidan shamol esib, jannat
daraxtlarining yaproqlari shitirlaydi. Hurlar unga qarab aytadilarki: "Ey Parvardigor, bu
oyda bandalaringga bizlarni nikohla. Bizlar bilan ularning ko‘zlari quvonsin, biz ular bilan
ko‘zlarimizni quvontiraylik". Qaysi banda ramazonda ro‘za tutsa, Alloh uni yoqutli
chodirda ikki hurga uylantiradi. Alloh ularni:
"Ular chodirlarda asralgan hurlardir" (Ar-rahmon, 72), deb sifatlagan. U hurlarning
har birida yetmishta bezak bor, u bezaklarning rangi boshqa bezaklarda topilmaydi,
yetmish turli xushbo‘y narsalar beriladi. Har bir hurda dur bilan to‘qilgan, yoqutdan
bo‘lgan yotoqlari bor va har birining yetmishta xizmatchisi bo‘ladi. Mana shular
ramazonda ro‘za tutganlar uchundir. Yaxshiliklariga alohida ajr beriladi".
460. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Rajab ummatimning oyidir, uning
boshqa oylardan ortiqligi ummatimning boshqa ummatlardan ortiqligichadir. Sha’bon
mening oyimdir, uning boshqa oylardan ortiqligi mening boshqa payg‘ambarlardan
ortiqligimcha. Ramazon Allohning oyi, uning boshqa oylardan ortiqligi o‘zining xalqidan
ortiqligicha".
461. Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam chiqqanlarida odamlar
tortishib turishgan edi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men sizlarga
Laylatul-qadrning xabarini bermoqchi edim, lekin sizlarning unga suyanib
qolishlaringdan qo‘rqdim. Shoyad bu sizlarga yaxshilik bo‘lsa. Uni oxirgi o‘n kunlikda
izlanglar, qolgan to‘qqizida, yettisida, beshida, uchida va oxirgi kunida. Uning belgilari:
toza, nurli bo‘ladi, issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Quyosh chiqqanida uning harorati
bo‘lmaydi, kim imon keltirib va savob umid qilgan holda qoim tursa, uning oldingi
gunohlari kechiriladi".
Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kechada qoim bo‘lishning,
kunduzi ro‘za tutishning imon keltirgan va savob umid qilgan holda bo‘lishini shart
qildilar. Imon – Alloh u uchun va’da qilgan savoblarga ishonish; savob umid etish esa,
Allohga yuzlangan holda Unga xushu’ qilishdir. Agar banda Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam zikr qilgan savoblarga yetmoqni xohlasa, bu oyning hurmatini bilishi lozim, bu
oyda tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan, a’zolarini xato va adashishlardan,
qalbini musulmonlarga hasaddan, adovatdan saqlamog‘i kerak. Shularni bajargach,
amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Allohdan qo‘rqib turmog‘i lozimdir.
Bir hakim aytar ekan: "Musibatga uchragan kishiga dunyoda ajr va oxiratda savob
bo‘lishining kafolatini berding, agar bu ro‘zani bizlardan qaytarsang, ya’ni, rad qilsang,
bu musibatning ajridan ham bizlarni mahrum qilmagin, ey yaxshilik bilan tanilgan Zot!"
462. Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga
ro‘za tutdik. Ramazonning yigirma uchinchi kunida Payg‘ambar biz bilan namoz o‘qidilar.
Hatto kechaning uchdan biri o‘tdi. Keyin yigirma to‘rtinchi kuni chiqmadilar. Yigirma
beshinchi kuni esa, chiqib, to kecha yarim bo‘lguncha namoz o‘qidilar. Shunda biz: "Bu
kechaning hammasini nafl qilib yuborsak-chi?" dedik. U zot aytdilarki: "Kim chiqib, imom
bilan namoz o‘qisa, keyin imom ketgach ketsa, unga kechasi bilan ibodat qilib chiqqan
savobi yoziladi". So‘ng yigirma oltinchida o‘qimadilar. Yigirma yettinchi kuni bo‘lganda,
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy