Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
201
kelib ahllarini jam qildilar va bizlar bilan namoz o‘qidilar. Biz hatto saharlik o‘tib 
ketadimi, deb qo‘rqdik". 
463. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
ramazonning birinchi kechasida masjidga chiqib, odamlar bilan namoz o‘qidilar. Odamlar 
tong otgach, bu haqda gapirishdi. Ikkinchi kuni odamlar ko‘payib ketdi. U kishi o‘qidilar, 
odamlar ham o‘qishdi. Uchinchi kuni odam ko‘payib, masjidga sig‘may qoldi. Keyingi 
kuni u zot chiqmadilar. Oxirida o‘zlarining namozlari uchun chiqdilar. Bomdodni o‘qib 
bo‘lganlaridan keyin odamlarga o‘girilib: "Bu kechadagi ishlaringiz meni qo‘rqitgani yo‘q, 
lekin men kechasi namoz o‘qish sizlarga farz bo‘lib qolishidan qo‘rqdim, agar farz bo‘lib 
qolsa, unga ojizlik qilasizlar", dedilar. 
464. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonda 
qoim bo‘lishga targ‘ib qilardilar. Lekin qattiq buyurmas edilar. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam o‘tganlaridan keyin Abu Bakr Siddiq (r.a.) xulofatlarida ham shunday 
bo‘ldi. Umar (r.a.) xulofatlari o‘rtalarida odamlarni jam qilib, ularga Ubay ibn Ka’bni 
(r.a.) imom qilib qo‘ydilar". 
465. Faqih aytadilar: Otam isnodi bilan Ali ibn Abu Tolibning (r.a.) bunday deganlarini 
menga so‘ylab berdi: "Umar ibn Xattob tarovih namozini o‘qish haqidagi hadisni mendan 
eshitganlar", dedilar Ali. "U qanday hadis, ey mo‘minlar amiri?" deb so‘rashdi. Aytdilar: 
"Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitgan edim: 
"Allohning arshi atrofida bir joy bor. U haziratul quds deb ataladi. U nurdandir. U yerdagi 
maloikalarning sonini sanab bo‘lmaydi. Alloh o‘zi biladi. Ular Allohga tinimsiz ibodat qilib 
turishadi. Ramazon kechalari bo‘lsa, ular Parvardigorlaridan yerga tushishga ruxsat 
so‘rashadi. So‘ngra odam farzandlari bilan birga namoz o‘qishadi. Ular har kecha 
tushishadi. Kim ularni ushlasa yoki ular kimni ushlasalar, u odam baxtli bo‘ladi. Keyin 
hech ham badbaxt bo‘lmaydi. Shundan so‘ng Umar (r.a.): "Bizlar bunga xaqliroqmiz", 
deb odamlarni tarovih namoziga to‘pladilar va ularga Ubay ibn Ka’bni imom etib 
tayinladilar". 
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi ramazon oyining birinchi kuni 
chiqqanlarida masjidlarda qiroatni eshitdilar va masjidlardagi qandillarning yashnab 
turganini ko‘rdilar. Shunda aytdilar: "Ey Alloh, masjidlarni Qur’on nurlari bilan 
to‘ldirganingdek Umarning qabrini ham nurga to‘ldirgin". 
Usmon ibn Affondan (r.a.) ham shunday rivoyat bor. Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin. 
______________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin