www.ziyouz.com kutubxonasi
209
onalarining ro‘zasini xohlasang, u ayol ikki kun tutib, ikki kun tutmas edi. Agar sen
butun olamlar sarvari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam ro‘zalarini xohlasang, u
zot har oyda uch kun ro‘za tutardilar". Ya’ni, oyning oydin kunlarida – 13-, 14-, 15-
kunlarda.
486. "U kunlar bir yillik ro‘zadir".
487. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. «Kim
ramazon ro‘zasini tutsa, keyin unga shavvoldan olti kunni qo‘shsa, guyoki yilning
hammasida ro‘za tutgandek bo‘ladi».
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Men sizlarga buni hisoblab beraman. Ramazon oyi ro‘zasi
uch yuz kun va olti kun oltmish kun bo‘ladi. Chunki Alloh taolo:
«Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)» (An’om,
160), deb aytgan. Har bir kun o‘n kunga tengdir».
Faqih aytadilar: Ba’zi kishilar shanba kunida ro‘za tutishni karih ko‘rishgan. Aytishadiki:
«U ishda nasorolarga o‘xshashlik bor».
Ibrohim Naxa’iydan shanba kuni ro‘za tutish to‘g‘risida so‘rashdi. «U ro‘za xotinlar
ro‘zasidir», deb javob qildilar.
Ba’zilar: «Nasorolarga o‘xshab qolmaslik uchun ro‘zani har xil vaqtlarda tutish kerak.
Men uchun ketma-ket yoki aralashtirib tutmoqlikning zarari yo‘q. Chunki og‘iz ochiqlik
ular ikkovining orasini ajratib turadi», deyishgan.
____________
Nafl ro‘zasi, oyning 13,14,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati bobi hadislari 479-hadis. Sanadida uzilish bor. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
480-hadis. Mavzu’. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
481-hadis. Zaif. Ikkita illati bor.
482-hadis. Muttafaqun alayh.
483-hadis. Zaif, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
484-hadis. Sahih. «Sahihul»
485-hadis. Muttafaqun alayh.
486-hadis.Hasan, Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
487-hadis. Sahih. Bazzor rivoyat qilgan.