www.ziyouz.com kutubxonasi
217
bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh
taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib
yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan
xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi".
528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh
titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan
joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga
jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman".
____________
Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari 516-hadis. Juda zaif.
517-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang.
518-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang.
519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan.
520-hadis. Zaif. Buxoriy “Adabul-mufrad”da rivoyat qilgan.
521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan.
524-hadis. Muttafaqun alayh.
525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
527-hadis. Zaif.
528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang.
QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA 529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.)
rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki
kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning
kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli,
o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar.
"O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib
qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga
yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz
darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning
jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida
bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman.
Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun
qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga
xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof
etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak,
zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz
darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida
sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni)
botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir.
Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa,
qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy