www.ziyouz.com kutubxonasi
218
Alloh taolo keyin aytyaptiki:
"Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar" ,
(Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin.
Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki
qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri
yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir.
Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron
qilishlikdir.
530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar.
531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib,
zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini
tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni
toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi.
Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh
taolo aytadi:
"Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16).
Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa,
yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to
o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday:
"Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to