www.ziyouz.com kutubxonasi
220
Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni
Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
534. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mana bu olovlaringiz jahannam
olovining yetmishdan bir bo‘lagidir".
535. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga:
"Menga do‘zaxni sifatlab ber", dedilar. Jabroil aytdilar: "Ey Muhammad, qop-qorong‘u,
zulmat, agar ignaning teshigidek teshik ochilsa, so‘zsiz yer yuzidagi hamma narsa kuyib
ketadi. Agar do‘zax kiyimining bittasi osmon va yer orasida osib qo‘yilsa, yer ahli uning
sassiqligidan o‘lib ketadi. Agar zaqqumdan bir tomchi yerga tashlansa, yer ahlining
butun hayoti buzilib ketadi. Agar Allohning kitobida zikr qilingan o‘n sakkizta farishtaning
bittasi yer ahliga ko‘rsatilsa, uning badbasharaligidan va a’zolarining har xilligidan yer
ahli hammasi o‘lib ketadi. Agar Alloh taolo kitobida zikri kelgan zanjirlarning bir
bo‘lakchasi yerga tashlansa, yerning eng pastigacha buzib yuboradi, keyin uni tiklash
mumkin bo‘lmaydi". So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, yetadi",
deb yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Ey Jabroil, sen nega yig‘layapsan, Alloh huzurida sening joying bor-ku?" deb. Jabroil
alayhissalom aytdilar: "Ey Muhammad, men Allohning oldida bo‘lganim bilan Horut va
Morutni yoki mal’un iblisni imtihon qilgani kabi meni ham imtihon qilmasligiga ishonchim
yo‘q".
Jabroil (a.s.) Rabbi oldidagi shuncha hurmati bilan yig‘lab tursa, gunohkorlar qanday
yig‘lamasinlar?! Bas, hayotingiz, sihatingiz sizni aldab qo‘ymasin, chunki bu dunyo
o‘tkinchi, ammo uning azobi uzoqdir. Zinodan hazar qiling. Chunki u g‘azab va alamli
azobni keltiradi. Zinoning yomoni unda davomli bo‘lishdir. Chunki unday odam xotinini
taloq qiladi. Lekin xotini bilan haromda turaveradi, chunki odamlar oldida
sharmandalikdan qo‘rqib, iqror bo‘lmaydi. Endi, qanday qilib, oxirat kunida, sirlar oshkor
qilinganda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘sha kundagi sharmandalikdan qo‘rq,
zinodan saqlan, unda davom etma, chunki senda Allohning azobiga toqat yo‘qdir.
Allohga tavba qil, chunki Alloh taolo bandalaridan tavbalarni qabul qiluvchi zotdir.
O‘limdan keyingi pushaymon va tavbalar foyda bermaydi. Tavba va pushaymonni
tirikligingda qilsang, foyda beradi.
Alloh taolo avratlarini saqlagan mo‘minlarni maqtab, najot va xursandchilikning
bashoratini beradi. Alloh aytadiki: