Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar
ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh,
dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar
deb gumon qildim".
Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi".
Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z
jufti halollardan va
qo‘l ostidagilardan", deydi.
Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno
(onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir.
Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa,
u Alloh belgilab bergan
haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba
qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib,
odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi.
Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini
ko‘rsanglar,
qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi,
Alloh taolo bir-
birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar,
bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan.
Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir".
536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining
amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman".
537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar,
foilni ham maf’ulni ham, ya’ni,
ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan
bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar".
Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni
o‘ldirsa; fosiqni maqtasa;
erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa.
538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok
bo‘lmaydi".
Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir.
539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi".
___________
Dostları ilə paylaş: