Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan.
539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan.
QIRQ OLTINCHI BOB
RIBO YEYISH HAQIDA
540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu
alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida
momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta
bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi.
Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir",
dedi u".
Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik
yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir
ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat
kunida
yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat
berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa,
yiqilaveradi.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi.
So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar,
bizlarga uning tafsirini
aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark
qilinglar.
541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga
vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini,
bosh-qaning badaniga
iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan
ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini
(ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar".
Ribo yeyuvchi –
molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo
beruvchi. Shuningdek, guvohlar – o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar.
Chunki ular
bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh
soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi
xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi.
542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo
yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini,
badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham
chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar".
543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa,
unga ajr olmaydi,
nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda
qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan
yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi".
Alloh taolo aytadi: