Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Agar chiroyli amal qilsangizlar, o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

"Agar chiroyli amal qilsangizlar, o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar 
yomon, gunoh amal qilsangizlar ham, o‘zlaringiz uchundir"
(Al-Isro, 7). Ya’ni, 
Alloh taolo hech kimga zulm qilmaydi va yaxshiliklarining savoblaridan hech narsani 
kamaytirmaydi, gunohlariga hech narsani ziyoda qilmaydi, gunohsiz azoblamaydi. 
Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lni bayon qildi va Rasuli karimni ummatiga nasihat qiluvchi o‘laroq 
yubordi, u zot sollallohu alayhi vasallam jannat va do‘zax yo‘lini bayon etdilar. 
557. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men bilan sizlarning misollaringiz bir olov yoqqan 
kishiga o‘xshaydiki, u olovga kapalaklar kelib, o‘zini uradi. Men sizlarni o‘tga 
tushmoqlaringizdan qaytaraman", ya’ni, gunohlardan qaytaraman, chunki gunohlar 
kishini do‘zaxga olib boradi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
228
Aytilishicha, Odamning (a.s.) tavbasi besh xislat tufayli qabul qilingan, shaytoni la’inning 
tavbasi besh xislatga ko‘ra rad etilgan. Odam (a.s.) gunohiga iqror bo‘ldilar va 
pushaymon qildilar, nafsini malomat etdilar, tavbaga shoshildilar va Allohning 
rahmatidan noumid bo‘lmadilar. Iblis, Alloh uni la’natlasin, gunohiga iqror bo‘lmadi, 
pushaymon qilmadi, o‘zini malomat etmadi, tavba qilishga shoshilmadi va Allohning 
rahmatidan noumid bo‘ldi. Kimning holati Odam alayhissalomnikidek bo‘lsa, uning 
tavbasi qabul qilinadi. Kimning holati iblisnikiga o‘xshasa, tavbasi qabul bo‘lmaydi. 
Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa itoat qilib do‘zaxga kirmog‘im Alloh 
taologa gunoh qilib, jannatga kirishimdan yaxshiroqdir". Bunday deganlarining ma’nosi: 
Agar jannatga kirsa, gunohlari uchun Alloh taolodan hayo qiladi va jannat unga 
ko‘ngilsiz bo‘ladi. Agar Allohga itoat qilib do‘zaxga kirsa, hijolat bo‘lmaydi va undan 
chiqishiga ehtimoli bo‘ladi. 
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Qattiq sovuqda bir yigitning oldidan o‘tdim. Ismi Utba 
edi, kiyimlari eski, turib nimalarnidir fikr qilarkan, undan ter oqardi. Unga: "Nega bu 
yerda turibsan?" dedim. Aytdi: "Ey ustoz, bu yerda Allohga gunoh qilgan edim". Ya’ni, u 
gunohlarini o‘ylar va Allohdan uyalganidan terlar edi. 
Makhul Shomiy aytadilar: "Kim tushagida yotib, o‘sha kuni qilgan ishlarini fikr etsa
yaxshilik qilgan bo‘lsa, Allohga hamd aytib, gunoh ish qilgan bo‘lsa, Allohdan mag‘firat 
so‘rasa, yaxshi ish qilibdi. Agar bunday qilmasa, u sarf etib hisob qilmagan, hatto kasod 
bo‘lgan savdogarga o‘xshaydi". 
Aytilishicha, Alloh taolo kitoblarining ba’zisida deydiki: "Ey bandam, Men podshohman, 
azaliyman, senga buyurgan narsamga itoat qil va qaytargan narsamdan qayt, hayot 
beraman, o‘lmaysan, ey bandam, Men biron narsaga bo‘l desam, bo‘ladi". 
Muhammad ibn Muhayriz aytadilar: "Agar o‘zing yaxshi ko‘rganingga yomonlik 
qilmaslikni uddalasang, qilma". "Birov o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisiga yomonlik qiladimi?" 
deyishdi unga. "Nafsing o‘zingga nafslarning yaxshirog‘idir, azizrog‘idir. Agar gunoh 
qilsang, unga yomonlik qilgan bo‘lasan", dedilar. 
Bir hakim zotga: "Menga nasihat qiling", dedi bir kishi. "Rabbinga jafo qilma, xalqqa jafo 
qilma, nafsingga jafo qilma. Rabbinga jafo qilmog‘ing Uning xizmatini tashlab, 
maxluqlarning xizmatiga kirishingdir. Xalqga jafo qilmog‘ing ularni odamlar orasida 
yomonlik bilan zikr qilishingdir. Nafsinga jafo qilmog‘ing Allohning farzlariga dangasalik 
qilishingdir", dedi hakim zot. 
Hasan Basriy aytadilar: "Bir gunoh qilgan edim, o‘shanga qirq yildan beri yig‘layman". 
"U qanday gunoh, Allohning bandasi?" deb so‘rashdi. "Meni bir birodarim ziyorat qilgani 
keldi. Unga baliq sotib oldim, undan yedi, so‘ng qo‘shnimning devoriga borib, bir bo‘lak 
kesak oldim va u bilan qo‘limni artdim", dedilar. 
558. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Allohning nazdidagi ulug‘ gunoh 
odamlar nazdida kichik bo‘lganidir. Alloh nazdidagi kichik gunoh odamlar nazdidi katta 
bo‘lgandir". 
Faqih aytadilar: Gunohkor gunohini katta deb bilsa, qo‘rqsa, u gunoh Alloh nazdida 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin