Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
207
yetti yuz barobar savob beriladigan amal, yana shunday amal borki, uni qiluvchining
savobini faqat Alloh biladi.
Savobi o‘zi
barobaricha beriladigan amal; kishi gunoh qilsa, unga bitta gunoh yoziladi va
yaxshilikni qasd etsayu, uni qila olmasa, bitta yaxshilik yoziladi. Ikki mislicha beriladigan
amal;
kishi bir yaxshilikni qilsa, unga ziyodasi bilan savob yoziladi. Vojib qiluvchi amal;
kim Allohning o‘zigagina ibodat qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Allohga Undan
o‘zgaga ibodat etgan holda yo‘liqsa, unga do‘zax vojib bo‘ladi. O‘n barobar savob
beriladigan amal; kishi bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr beriladi.
Yetti yuz
barobar savob beriladigan amal: Kim Alloh yo‘lida biron amal qilsa yoki infoq-ehson
bersa, amaliga yetti yuz barobarida ajr beriladi. Ajru savobini Allohdan o‘zga
bilmaydigan amal esa, ro‘zadir".
480. Abu Cadaqa Yamoniy aytadilar: Hazrati Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
oldilariga kirganlarida u kishi ovqatlanayotgan edilar. Shunda u zot sollallohu alayhi
vasallam: "Ey Bilol, ovqatga, ovqatga", dedilar. Bilol (r.a.): "Ey Allohning elchisi, men
ro‘zadorman", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlar
rizqimizni yeyapmiz.
Bilol esa, jannatda rizqlanadi. Agar ro‘za tutgan kishi
ovqatlanayotgan kishilar oldida o‘tirsa, uning a’zolari unga tasbeh aytadi. Maloikalar
unga duo qiladi va: "Ey Parvardigor, uni kechirgin, ey Parvardigor, unga shu o‘tirishida
rahm qilgin", deydi".
Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "Dengizda
ketayotib, to‘lqinlarga duch keldik, keyin
yelkanlarni ko‘tardik. Biror orol yo jonzotni ko‘rmas edik, shu vaqt bir nido keldi: "Ey
kema ahli, to‘xtanglar, sizlarga xabar beraman", dedi. Biz yurishda davom etdik, lekin
hech narsani ko‘rmasdik. Yetti marta shunday nido keldi. Yettinchi martasida o‘rnimdan
turib: "Ey sen, bizning holatimizni ko‘rib turibsan, to‘xtashga qodir bo‘la olmayapmiz.
Bizlarga xabar bermoqchi bo‘lgan narsangning xabarini beraver", dedim. U aytdi: "Ogoh
bo‘linglar, sizlarga Allohning hukmi haqida xabar beraman. Alloh taolo o‘zini nafsiga
hukm qildiki, issiq kunda chanqagan (ro‘za tutgan) bandani
Alloh taolo qiyomat kunida
suvga qondiradi".
Ibn Muborak ham Abu Muso Asha’riydan shunga o‘xshash rivoyatni keltirganlar va unga
ushbu so‘zlarni qo‘shimcha etganlar: "Abu Muso qattiq issiq kunlar kelishini kutib
turardilar, qachon issiq kuchaysa, ro‘za tutardilar".
481. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Olti xislat yaxshilikdir: Allohning
dushmaniga qilich bilan harakat qilmoq, yoz oyida ro‘za tutmoq,
musibat vaqtida chiroyli
sabr qilmoq, haq bo‘lsa-da, tortishishni tark etmoq, bulutli kunda namozni vaqtli
o‘qimoq, (yoki yoz kunida, dedilar), qish kunlarida tahoratni komil qilmoq".
Abu Dardodan (r.a.) naql qilinadi: "Uch narsa bo‘lmasa edi, o‘lishimga parvo etmasdim.
1. Allohga sajda qilganda tuproqdan yuzimda belgilar qolishi.
2. Uzun kunda ro‘za tutish.
3. Yaxshi xurmoni tanlab yeganlari kabi, yaxshi so‘zlarni ham tanlab gapiradigan qavm
bilan o‘tirish".