www.ziyouz.com kutubxonasi
206
o‘nta karomat bilan ikrom qildi: Odamning (a.s.) tavbasini qabul etdi. Idrisni (a.s.)
yuqori maqomga ko‘tardi; Nuhning (a.s.) kemasi Juda tog‘iga tushdi; Ibrohim (a.s.)
tavallud topdi; Alloh uni o‘ziga do‘st tutdi va unga o‘tdan najot berdi; Dovudning (a.s.)
tavbasini qabul qildi; Isoni (a.s.) osmonga ko‘tardi; Musoni (a.s.) dengizdan qutqazdi va
Fir’avnni cho‘ktirdi; Yunusni (a.s.) baliqning qornidan chiqardi; Sulaymonga (a.s.)
mulkini qaytarib berdi; Payg‘ambar (s.a.v) tavallud topdilar".
Ba’zilar bunday deydi: "Ashuro deb nomlanishi Alloh taolo bu ummatni o‘nta karomat
bilan ikrom qilgani sabablidir.
1. Rajab oyi. U Allohning oyi, unda urush qilinmaydi. Uni ummat uchun karomat qilib
berdi. Uning boshqa oylardan ortiqligi bu ummatning boshqa ummatdan ortiqligi kabi.
2. Sha’bon oyi. Boshqa oylardan ustunligi Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam
boshqa payg‘ambarlardan ustunligi kabi.
3. Ramazon oyi. Uning boshqa oylardan ortiqligi Alloh taoloning o‘zi yaratgan xalqdan
ortiqligi kabidir.
4. Laylatul qadr. U ming oydan yaxshi.
5. Fitr kuni (Ramazon hayiti). U mukofot kuni.
6. Ashr kunlari. Ular Allohni zikr qilish kunlari.
7. Arafa kuni. U kunning ro‘zasi ikki yilga kafforatdir.
8. Qurbonlik kuni. U – Allohga yaqinlik kuni.
9. Jum’a kuni. U – kunlarning sayyidi.
10. Ashuro kuni. Uning ro‘zasi bir yilga kafforat.
Bu kunlarning hammasida o‘ziga xos karomatlari bordir. Alloh taolo ummatga bu
kunlarni gunohlariga kafforat bo‘lishi, xatolardan tozalanishi uchun berdi".
478. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Johiliyatda ashuro kunida qurayshiylar ro‘za
tutardi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Makkada ekanida tutardilar.
Madinaga kelganlaridan keyin Alloh taolo ramazon oyi ro‘zasini farz qildi. So‘ngra
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men ashuro kuni ro‘za tutishga
buyurilgan edim, endi kim xohlasa, ro‘za tutsin, kim xohlasa, tark qilsin".
Oyisha onamiz ashuro kunini to‘qqizinchi kun, deganlar. Ba’zilar o‘n birinchi kuni, deydi.
Ko‘pchilik ashuro kunini o‘ninchi kun, deb aytgan. Alloh bilguvchiroqdir.
_____________