"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha)
bilan to‘ldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilangan) vaqti komil
qirq kecha bo‘ldi"
(A’rof, 142), degan so‘zi haqida aytdilarki: "U o‘n kecha zulhijjaning
avvalgi o‘n kunidir. Alloh Musoga haqiqatda gapirgan, unga najot berib, o‘ziga yaqin
qilgan va sahifalar yozgan kunlari ham mana shu ashr kunlaridir".
470. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilindi: "Sizlar zul-hijjaning o‘n kunida ro‘za tutinglar,
duolarni ko‘paytiringlar, istig‘for so‘ranglar va sadaqa qilinglar. Chunki men
payg‘ambarlaringiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini
eshitganman: "Ashr kunlari yaxshilikdan mahrum bo‘lgan kishiga vayl bo‘lsin, xususan,
zul-hijjaning to‘qqizinchisida ro‘za tutmog‘laringiz lozim. Chunki unda sanab adog‘iga
yetib bo‘lmaydigan yaxshiliklar bor".
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr Laysiy dediki: "Bizlarga aytilishicha, Alloh
taolo Muso alayhissalomga beshta duoni hadya qildi. Ularni Jabroil alayhissalom ashr
kunlari olib keldi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
203
1. "La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va
yumiyt va huva hayyul la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shayin qodir".
2. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ilahan vahidan ahadan
somadan lam yattaxiz lahu sohibatan va la-a valada".
3. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ahadan somadan lam yalid
va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad".
4. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-asharika lahu lahul mulku va lahul hamd
yuhyi va yumiyt va huva hayyul-la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay-in
qodir".
5. "Hasbiyallohu va kafa, sami ‘allohu liman da’a laysa varoallohi muntaha".
Zikr qilinishicha, bu kalimalar Injilda nozil bo‘lgan. Havoriylar Iso alayhissalomdan bu
duolarning fazilatini so‘raganlarida, u zot (a.s.) shunday savob va fazilatlarni
gapirdilarki, uni bunday sifatlashga boshqa hech kim qodir emas.
Abu Nazr Hoshim ibn Qosim aytadilar: "Bu duolarni ashr kunlari o‘qigan bir kishi menga
tushida uyida beshta idishda nur ko‘rganini, bu nurlarning ba’zilari ba’zilaridan balandroq
ekanini aytdi".
471. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Alloh nazdida kunlarning ulug‘rog‘i va amallarning afzalrog‘i ashr kunlarida qilingan
amallardir. Bu kunlarda takbirni, hamdni va "la-a ilaha illalloh" kalimasini
ko‘paytiringlar".
Nofe’ Abdulloh ibn Umar (r.a.) haqida rivoyat qilib: "U kishi ashr kunlarida yotoqlarida
ham, o‘tirgan joylarida ham takbir aytar edilar", deydi.
Ato ibn Abu Raboh ham ashr kunlarida ko‘cha va bozorlarda takbir aytganlar.
Yazid ibn Abu Zayyod rivoyat qiladilar: "Said ibn Jubayr va Abdurahmon ibn Abu Laylo,
yana ko‘plab musulmon faqihlari iyd kunlari va tashriq kunlari: "Allohu akbar, Allohu
akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd", deb takbir aytar
edilar".
Ja’far ibn Sulaymon aytadilar: Sobit Banoniy ashr kunlari majlisda barcha so‘zlarni
to‘xtatib: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar va lillahil hamd",
deb zikr aytar va: "Bu kunlar zikr kunlaridir", der edilar.
Ulamolar ham shunday qilishardi. Ja’farning aytishicha, Molik ibn Dinor shunday
qilganlar.
Mug‘ira ibn Shu’ba Abu Ma’shardan rivoyat qiladilarki: "Ibrohim Naxa’iydan ashr kunlari
yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. U kishi kiyim tikuvchilar ham shunday qilishlarini
aytdi".
Lays ibn Abu Sulaym aytadilar: "Mujohiddan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida
so‘radim. "Tikuvchilar shunday qiladi", dedilar".
Faqih aytadilar: Bu kunlarda takbirni ichida aytsa, afzaldir. Agar takbir aytib, ovozini
ko‘tarsa, bu bilan shariatni zohir etishni va odamlarga eslatma qilishni xohlasa, zarari
yo‘q. Bu to‘g‘rida xabarlar o‘tdi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |