Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
205
468-hadis. Munkar. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Uchta illati bor.
469-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
470-hadis. Izohi yo‘q.
471-hadis. Isnodida zaiflik bor. Ahmad Bayhaqiy rivoyat qilgan.
472-hadis. Munkar. "Tanzihush shari’at"ga qarang.
473-hadis. Tabaroniy, Hokim Bayhaqiy rivyat qilgan.
474-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan.
QIRQINCHI BOB
ASHURO KUNINING FAZILATI
475. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar.
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Kim muharramning ashuro (o‘ninchi) kuni ro‘za
tutsa, Alloh taolo mingta farishta va yuzta shahidning savobini beradi. Kim
muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutsa, Alloh unga o‘n ming haj va umra qilganning
hamda o‘n ming shahidning savobini beradi. Kim ashuro kunida yetimning boshini silasa,
Alloh taolo har bir soch tolasi uchun uning darajasini ko‘taradi.
Kim ashuro kunida
ro‘zador mo‘minga iftor bersa, guyoki Muhammad alayhissalomning hamma
ummatlariga iftor qilib bergandek bo‘ladi". "Ey Allohning elchisi,
Alloh taolo ashuro
kunini boshqa kunlardan afzal qilganmi?" deb so‘rashdi odamlar. U zot aytdilar: "Ha,
Alloh taolo osmon va yerlarni ashuro kunida yaratdi, tog‘larni, yulduzlarni, lavhni,
qalamni, Odamni, Havoni va jannatni ashuro kunida yaratdi
va ularni ashuro kunida
jannatga kirgizdi. Ibrohim (a.s.) ashuro kunida tug‘ildi va uni o‘tdan ashuro kunida
qutqardi, unga qurbonlik qilishni ashuro kunida buyurdi. O‘g‘lining o‘rniga qo‘chqorni
so‘ygan kun ashuro kunidir. Fir’avnni ashuro kunida dengizga cho‘ktirdi. Ayyubdan (a.s.)
balolarni ashuro kuni daf qildi. Odamning (a.s.) tavbasini ashuro kuni qabul qildi. Dovud
alayhissalomning gunohini ashuro kuni kechirdi va Sulaymonga (a.s.)
ashuro kuni mulki
qaytarildi va Iso alayhissalom ashuro kuni tug‘ildi va osmonga ashuro kunida ko‘tarildi.
Payg‘ambar alayhissalom ashuro kunida tug‘ildilar. Qiyomat ashuro kunida bo‘ladi".
Faqih aytadilar: Ikrima (r.a.) deydiki: "Ashuro kuni Odam alayhissalom tavbasi qabul
qilingan kun, u shunday kunki, Nuh kemadan tushirildi va shukriga ro‘za tutdi,
u kun
Fir’avn dengizga cho‘ktirildi, Bani Isroil qavmiga dengiz yo‘l berdi va uning shukri uchun
ro‘za tutdilar. Agar qodir bo‘lsang, u kunda sen ham ro‘za tut".
476. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim
ashuro kunida ahli ayollariga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga
yilning boshqa kunlarini
ham keng qilib qo‘yadi".
Sufyon aytadi: "Biz tajriba qilib, xuddi shunday ekanini topdik".
477. Said ibn Jubayr ibn Abbosdan (r.a.) naql etadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam
Madinaga kelib, yahudlar ashuro kunida ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar va u
haqda so‘radilar. "Bu kunda Alloh taolo Musoni va Bani Isroilni Fir’avn ustidan g‘olib
qilgan va biz uni ulug‘lab ro‘za tutyapmiz", deyishdi ular. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: "Bizlar Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz", dedilar va ro‘za tutmoqqa
buyurdilar".
Faqih aytadilar: Bu kunning tafsirida ulamolar ixtilof qiladi. Ba’zilar: "Ashuro deb
nomlanishi muharramning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri kelgani uchundir", deydi. (Arabcha
"ashara" – o‘n, degani – tarj.) Ba’zilar aytadi: "Alloh taolo bu kunda o‘nta payg‘ambarni