Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
301
chaqiriladi. Ya’ni, hidoyatga yoki zalolatga boshlovchi olimlari bilan chaqiriladi. Hidoyatga
boshlovchi imom qavmidan oldin keltiriladi. Kelganidan so‘ng unga kitobi o‘ng tomonidan
beriladi. Unda gunohlari yashiringan bo‘ladi, faqat o‘zi o‘qiydi. Bu ish, amalim bilan
jannatga kirdim, demasligi uchundir. Odamlarga esa, uning yaxshiliklari ko‘rsatiladi.
Ular: “Falonchi qanday yaxshi, yaxshiliklari ko‘rinib turibdi”, deyishadi. Uning o‘zi
gunohlarini o‘qiyotib, halok bo‘ldim, endi, deb o‘ylaydi. Kitobining oxiriga kelganida,
gunohlaringni kechirdim degan so‘zni o‘qiydi. Keyin unga nurdan bo‘lgan toj kiydiriladi.
Nurlari yaltirab turadi. So‘ng unga: “Birodarlaringga borib, ularga ham senikiga o‘xshash
ish bo‘lishini aytib xursand qil”, deb turishadi. Keyin u: “Mana, mening kitobimni
o‘qinglar. Gunohlarimni kechirdi. Xursand bo‘linglar. Hammalaringiz men kabi
bo‘lasizlar”, deydi.
Agar zalolatga chaqiruvchi imom bo‘lsa, u ham olib kelinadi. Keyin kitobi beriladi. O‘ng
qo‘li bilan ushlayman, desa, o‘ng qo‘li bo‘yniga o‘ralib qoladi. Bo‘yniga o‘girib, yolg‘iz o‘zi
yaxshiliklarini o‘qiydi. Bu ish, faqat gunohlarim saqlanib, yaxshiliklarim yozilmabdi,
demasligi uchundir. So‘ng unga aytiladi: “Falon amalni qilding va o‘sha ishga yarasha
mukofotlaringni olding”. Shunday qilib, yaxshiliklari tugaydi. Gunohlari esa, odamlarga
ko‘rinib, ma’lum bo‘ladi. Shunda ular: “Falonchiga vayl bo‘lsin, yomonliklari ko‘rinib
turibdi”, deydi. U kitobini o‘qiy-o‘qiy oxiriga yetadi va eng so‘nggi sahifada: “Albatta,
senga azob kalimasi haqdir”, degan so‘zni o‘qiydi. Yuzi qorong‘i kechadek qop-qora
bo‘lib ketadi, keyin boshiga o‘tdan bo‘lgan toj kiydiriladi, tojning tutunlari yaltiraydi.
So‘ng unga: “Borib qavmingga xabarini ber. Ularning hammasi uchun mana shunday
narsa tayyorlab qo‘yilgan”, deyiladi. Vodiy ahliga yetib kelganida, ular hammasi faqat:
“Ey Parvardigor, buni biz bilan, bizni u bilan birga qilma”, deyish bilan ovora bo‘ladi.
Qaysi qavm o‘tsa, unga la’nat o‘qiydi. Keyin do‘stlari kelib, ular ham la’nat aytadilar.
hamma undan bezor bo‘ladi. Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: