(alayhissalom) ajratdi. “Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: “Uning payg‘ambaridan birontasini ajratib qo‘ymaymiz” , dedim”.
Alloh taolo aytdi:
“Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi” , ya’ni, faqat
toqati yetsagina buyuradi”,
“(Har kimning) qilgan amali o‘zi uchundir” , ya’ni yaxshilikdan topgan savobi
o‘zigadir...”
“Va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir” . Keyin aytdi: “So‘rang, beriladi”.
Men:
“Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga qaytajakmiz” , dedim. Alloh taolo aytdi: “Sizni va ummatingizni va kim Meni bir degan
va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim”. Keyin yana aytdi: “Ey Muhammad (s.a.v.),
so‘rang, beriladi”.
“Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama!” dedim. Alloh aytdi: “So‘raganingiz berildi, xato qilsangizlar, unutsangizlar yoki
majburlansangizlar, u uchun azobimga giriftor qilmayman”. So‘ng aytdi: “So‘rang,
beriladi”. Men:
“Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama” , dedim. Chunki Bani Isroil bir xato qilsa, Alloh taolo
taomlarning yaxshisini harom qilardi. Alloh bu haqda:
“Ko‘p kishilarni zulm bilan Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik” (Niso, 160-oyat), degan.
Alloh taolo aytdi: “O‘sha so‘raganingiz sizga”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:
“Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama” , chunki
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
312
ummatim kuchsiz”, dedim. Alloh taolo aytdi. “Bu ham sizga. So‘rang, beriladi”. So‘ngra: