Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
323
sahobalaridan. O‘shanda odamlar narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va 
“Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn
Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo 
qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz-
ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan 
qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik. 
“Bolalarning boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi
qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir 
(surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina 
Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos. 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida
(u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima 
deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”. 
845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi va 
bozorlarning qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”. 
Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni 
rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin 
topolmayman”. 
Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga 
biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar 
yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men 
qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning 
dunyosidan sizlarga biron narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular 
barbod etadilar”.
Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga 
chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga, yomon 
amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a 
quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”. 
_________________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin