Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari
823-hadis. Muttafaqun alayh. 
824-hadis. Zaif. 
825-hadis. Zaif. 
826-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
827-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
828-hadis. Hasan-sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
829-hadis. “Kanzul-ammol”da keltirilgan. 
830-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
831-hadis. Juda zaif. Ibn Abud Dunyo, Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
832-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 
833-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
834-hadis. Muttafaqun alayh. 
835-hadis. Isnodi noma’lum. “Al-majma’”ga qarang. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
321
YETMISH OLTINCHI BOB 
SULTONLARGA ARALASHISH
836. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat 
qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: “Olimlar sultonlarga aralashmasalar va 
dunyoga kirmasalar, payg‘ambarlarning omonatdorlaridir, agar sultonga qo‘shilsalar, 
dunyoga kirishib ketsalar, bas, ulardan uzilinglar va ehtiyot bo‘linglar”.
837. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kishi sultonga 
qancha ko‘p yaqinlashsa, Allohdan shuncha ko‘p uzoq bo‘ladi. Agar unga ergashuvchilar 
ko‘paysa, demak, uning shaytonlari ko‘payadi, moli ko‘paysa, demak, hisobi 
qattiqlashadi”. 
Huzayfa (r.a.): “Fitnalarga muvofiq bo‘lib olishdan saqlaninglar”, dedilar. “Fitnaga 
muvofiq bo‘lish nima?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Amirlarning eshigiga borish”. Ibn 
Umarga: “Biz sulton oldida bir so‘zni gapiramiz, chiqqandan keyin esa, uning teskarisini
gapiramiz”, deyishdi. U kishi: “Biz bu narsani munofiqlik deb sanaymiz”, dedilar. 
Ibn Mas’ud (r.a.): “Agar dindor kishi saltanat egasi oldiga kirsa, dinsiz bo‘lib chiqadi”, 
dedilar. “Qanday qilib?” deb so‘rashdi. “Allohning g‘azabini keltiradigan narsalar bilan uni 
rozi qiladi”, dedilar Ibn Ma’sud (r.a.).
Oldingilardan biri aytgan ekan: “Agar qorining boylar bilan aralashganini ko‘rsang, 
bilginki, u riyokordir. Agar olimning amrilar bilan aralashganini ko‘rsang bilgilki, u 
o‘g‘ridir”.
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni 
yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh 
taolo ulardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘ygandir”. 
Makhul (r.a.) aytadilar: “Kim Qur’onni o‘rganib, din ilmida faqih bo‘lganidan keyin sulton 
eshigiga xushomadgo‘ylik qilib kelsa va uning boyligidan tama’ qilsa, jahannamga
g‘arq bo‘libdi”. 
Maymun ibn Mahron aytadilar: “Sultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat qilsang
diningda xatar bo‘ladi, osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, seni u tanimagani 
ma’qul”. 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Agar kishi sultonlar bilan aralashmasa va farzlari ustiga 
farz qo‘shmasa, kunduzi ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qib, haj va jihod qilib, ammo 
sultonlarga qo‘shilib yurgan kishidan yaxshidir”. 
838. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Modomiki, 
abrorlari fojirlarini ulug‘lamasa, yaxshilari yomonlarga do‘st bo‘lmasa, qorilari amirlariga 
mayl qilmasa, Allohning qo‘li bu ummatning ustida davomli bo‘ladi. Agar aksincha 
bo‘lsa, Alloh ulardan barakani ko‘taradi va ularga zolimni bosh qilib, qalblariga qo‘rqinch 
soladi va ularni kambag‘allashtirib qo‘yadi. 
Iso ibn Maryam (u zotga va onalariga Allohdan salovot va salomlar bo‘lsin) aytganlar: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin