Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə363/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

YETMISH TO‘QQIZINCHI BOB 
NAMOZNI MUKAMMAL O‘QISH VA UNDA XUSHU’ QILISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Namoz 
tarozi-o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, unga ham vafo qilinadi. Kim urib qolsa, Alloh taolo urib 
qoluvchilar to‘g‘risida nima deganini bilasizlar”. 
Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir odamning ruku’ va sajdalarni 
mukammal qilmay namoz o‘qiyotganini ko‘rib: “Agar shu holda o‘lsang, fitratdan 
boshqasida o‘lasan”, dedilar. 
872. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga o‘g‘irlikda 
insonlarning eng yomonini aytaymi?” dedilar. “Ha, ayting, ey Rasululloh”, deyishdi. “U 
odam namozidan o‘g‘irlagan odamdir”, dedilar. “Namozdan qanday o‘g‘irlaydi?” deb 
so‘rashdi. Aytdilar: “Uning ruku’ va sajdalarini mukammal qilmasdan”.


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
329
Ibn Mas’ud (r.a.): “Kimni namozi yaxshilikka buyurmasa, yomonlikdan qaytarmasa, u 
bilan Allohga yaqinlashmaydi, balki, uzoqlashadi”, dedilar. So‘ngra ushbu oyatni 
o‘qidilar: 
“Namozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan qaytarur”
(Ankabut, 45-oyat). 
Hakam ibn Utayba (r.a.) aytadilar: “Kim namoz vaqtida o‘ng va chapga qarasa, uning 
namozi namoz emas”. 
Muslim ibn Yasor (r.a.) ahllariga aytar edilar: “ Agar men namoz o‘qiyotgan bo‘lsam, 
gaplashaveringlar. Chunki men gaplaringni eshitmayman”. 
Yoqub Qori’dan zikr qilinadi: U kishi namoz o‘qiyotgan paytlarida o‘g‘ri kelib, 
yelkalaridagi ridolarini yulib olib qochdi. So‘ng o‘rtoqlarining oldiga bordi, ular rido 
shayxniki ekanini bilishdi va unga: “Uni qaytarib ber. Biz solih kishining duosidan 
qo‘rqamiz”, deyishdi. O‘g‘ri kelib yelkalariga ridoni qo‘ydi va qilgan ishiga uzr so‘radi. 
Namozdan keyin u kishiga bu hodisani gapirib berishdi. U zot: “Men uning olganini ham, 
qo‘yganini ham sezmadim”, dedilar.
Zikr qilinishicha, Robiatul Adaviya (Alloh uni rahmat qilsin) namozda sajda qilayotgan 
edilar, nogoh ko‘zlariga qamishning bir parchasi kirib ketdi. Ammo buni faqat namozdan 
chiqqanlaridan so‘ng sezdilar. 
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi tahorat qilmoqchi bo‘lganlarida ranglari 
o‘zgarar edi. Sababini so‘rashganida, aytdilar: “Men ulug‘, jabbor Allohning qudrati 
oldida qoim bo‘lmoqchiman”. Agar masjid eshigi oldiga kelsalar, boshlarini ko‘tarar va: 
“Ey Parvardigor, bandang eshiging oldidadir. Ey Muhsin, oldingga gunohkor keldi. 
Bizning yaxshilarimizga yomonni kechirishga buyurgansan. Sen Muhsinsan, men 
gunohkorman. O‘zingdagi yaxshilik sababidan mendagi yomonlikni kech, ey Karim”, deb 
keyin masjidga kirar edilar. 
873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar. 
So‘ng: “Agar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi”, dedilar. 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu 
haqda so‘rashganida: “Alloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif qilgan, ammo ular bosh 
tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga 
olgan vazifamni yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!” deb javob berdilar.
Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan. 
Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: “Biz Toifda ibn Abbos huzurida masjidda edik. Men, 
Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin 
mezanaga ko‘tarilib, “Allohu akbar, Allohu akbar”, deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.) 
shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib,
ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: “Ey Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday 
yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku, 
faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz”, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Agar odamlar 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin