www.ziyouz.com kutubxonasi
328
deb nido qiladi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kishining namozda bardavom
bo‘lishi, xuddi podshoh eshigini taqillatganga o‘xshaydi. Chunki kim pldshoh eshigini
taqillatsa, eshik ochilishi shubhasiz. Kechasi o‘qilgan namozning kunduzi o‘qilgan
namozdan ortiqligi yashirin sadaqaning oshkor sadaqadan afzalligi kabidir”.
869. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v. aytdilar: “Alloh zikr
etilgan yoki namoz o‘qilgan bir parcha yer yetti qavat yergacha xursandligini bildiradi va
atrofdagi yerlar oldida faxrlanadi. Banda yerning qay bir sahrosida namoz o‘qishni
xohlasa, yer unga ziynatlanadi.
870. Xolid ibn Ma’don (r.a.) aytadilar: “Eshitishimcha, Parvardigor uch kishi bilan
farishtalariga faxrlanadi: bir kishiki, saxrosida yolg‘iz o‘zi azon, takbir aytib, namoz
o‘qiydi. Shunda Alloh aytadi: “Qaranglar, bandamning bir o‘zi namoz o‘qiyapti, uni
mendan boshqa hech kim ko‘rmaydi”. So‘ngra yetmish ming farishta tushib, uning
orqasida namoz o‘qishadi. Yana bir kishiki, kechasi namoz o‘qiydi, sajda qiladi, so‘ngra
uxlaydi. Alloh shunda aytadi: “Sajda qiluvchi bandamga qaranglar, xayoli Menda, jasadi
Menga sajda qilyapti”. Yana urushda o‘lgunicha sobitqadamlik bilan jang qilgan kishi
bilan faxrlanadi”.
871. Mu’ofiy ibn Imron (r.a.) aytadilar: “Mo‘minning izzati, odamlardan behojat bo‘lish,
sharafi kechasi turib namoz o‘qishdir”.
____________________
Nafl namozlari fazilati bobi hadislari 859-hadis. Juda zaif.
860-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
861-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
862-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
863-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
864-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
865-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
866-hadis. Mavzu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang.
867-hadis. Munkar. Ibn Hibbon sahih emas, degan.
868-hadis. Juda zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
869-hadis. Zaif. Abu Ya’lo rivoyat qilgan.
870-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Abu Dovud rivoyat qilgan.
871-hadis. Hasan. Qazoiy, Hokim rivoyat qilgan.