Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə364/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
330
muazzin nima deb aytayotganini bilganlarida edi, uxlamas, dam olmas edi”, dedilar. 
“Bizga muazzin nima deganini bildiring”, dedik. U zot “Muazzinning “Alloh akbar, Allohu 
akbar” degani, ey mashg‘ullar, to‘xtanglar, badanlarga dam beringlar va 
amallaringizning yaxshisiga kirishinglar, deganidir. Agar muazzin: “Ashhadu alla ilaha 
illallloh”, desa, osmonlaru yerdagi barcha maxluqot qiyomat kunida sizlarni chaqirganim 
haqida Alloh huzurida men uchun guvohlik beradi, deb tushuninglar. “Ashhadu anna 
Muhammadar rosululloh”, degani esa, qiyomat kuni barcha payg‘ambarlar va 
Muhammad (s.a.v.) men sizlarni har kuni besh marta namozga chaqirayotganimga 
guvohlik berishadi, deganidir. “ Hayya ‘alassolah”, degani, Alloh taolo bu dinni sizlarga 
qoim qildi, endi siz uni qoim qiling, deganidir. “Hayya ‘lal falah” deganda esa, rahmatda 
suzinglar va hidoyatdagi nasibangizni olinglar, degan ma’noni tushuninglar. “Allohu 
akbar, Allohu akbar” degani, namozdan oldingi ishlar harom bo‘ldi”, ma’nosidadir. “La-a 
ilaha illalloh” degani, yetti qat yer va yetti qavat osmon omonatini yelkalaringizga 
qo‘ydim, hohlasangiz kelinglar, hohlasanglar, burilib ketinglar” deganidir. 
874. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Ikki kimsa namozda turadi, ikkalasining ruku’ va 
sajdasi bir xil. Lekin namozilari orasidagi farq yer va osmon orasichadir”. 
Aytishlaricha, mehrob quyidagi sababga ko‘ra mehrob (lug‘aviy ma’nosi “harb maydoni” 
degani) deb nomlandi. Ya’ni, u jang maydoni, qalbni mashg‘ul qilib qo‘ymasligi uchun 
shayton bilan jang qilinadi. Zikr qilishlaricha, Hotam Zohid (r.a.) Isom ibn Yusufning 
oldlariga kirdilar. Isom u kishidan: “Ey Hotam, namozni chiroyli o‘qiysizmi?” deb 
so‘radilar. “Ha”, dedilar. “Qanday o‘qiysiz?” “Agar namoz vaqti yaqinlashsa, tahoratni 
mukammal qilaman, keyin namoz o‘qiydigan o‘rinda hamma a’zolar bilan to‘g‘ri 
turaman. Ka’bani ikki qoshim orasida, Ibrohim maqomini qalbimda, Alloh taolo tepamda 
qalbimdagi hamma narsani bilib turibdi, degan o‘yda bo‘laman. Go‘yoki qadamim sirot 
ustida, jannat o‘ng tomonimda, do‘zax chap tomonimda, o‘lim farishtasi orqamda va bu 
namoz oxirgi namozim deb gumon qilaman. Keyin qo‘rqinch bilan takbir aytaman va 
tafakkur bilan o‘qiyman. Ruku’ni tavoze’ bilan, sajdani yolborgan holda qilaman. 
Xotirjam o‘tirib, qo‘rqinch bilan tashahhud o‘qiyman va sunnatga binoan ixlos bilan 
salom beraman. Xavf va umid bilan turaman. Keyin sabrda davomli bo‘laman”, dedilar 
Hotam. Isom: “Ey Hotam, namozingiz shundaymi?” deb so‘radilar. “Ha, shunday”. “Bu 
sifat bilan necha yildan beri namoz o‘qiyapsiz?” “O‘ttiz yildan beri”. Isom shunda: 
“Bunaqa namozni hech o‘qimaganman”, deb yig‘ladilar. 
Zikr qilinishicha, Hotam (rohmatullohi alayh) bir marta jamoat namozini o‘qishni 
qoldirdilar. U kishiga shunda ba’zi do‘stlari ta’ziya bildirdilar. Hotam qoldirgan namozi 
uchun yig‘lab: “Agar o‘g‘lim o‘lganida, Balxning yarmi ta’ziyaga kelardi. Hozir jamoatni 
o‘tkazib yubordim, faqat ayrim do‘stlarim ta’ziya izhor etishdi. Agar o‘g‘illarim o‘lsa ham, 
bu musibat menga jamoatni tark qilishimdan yengilroq bo‘lar edi”, dedilar. 
Hakimlardan biri aytadi: “Namoz ziyofatdir. Alloh taolo uni muvahhidlar* uchun har 
kuni besh marta tayyorlaydi. Ziyofatda taomlar xilma-xil bo‘lib, har bir taomning lazzat 
va rangi bo‘lgani kabi, namozda ham turli zikr, amallar, amallarga savob va gunohlarga 
kafforat bordir”. 
Aytadilarki, namozxonlar ko‘p, namozni qoim qiluvchilar kamdir. Alloh taolo namozni 
qoim qilgan mo‘minlarni kitobida vasf qilib: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin