Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men 
(o‘z jonimga) jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim”
, degan oyatni o‘qimaganidan 
ajablanaman, chunki Alloh taolo: 
“Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz 
mo‘minlarga shunday najot berurmiz
(Anbiyo, 87 – 88-oyatlar), deb aytgan;
yomon narsadan qo‘rqib, menga Allohning o‘zi kifoya qiladi va u qanday yaxshi vakildir
deb aytmaganiga hayron bo‘laman, chunki Alloh taolo: 
“Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan 
qaytdilar. Ular Allohning roziligini istaydilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat 
sohibidir”
(Oli Imron, 174-oyat), deb aytgan; 
odamlarning hiyla makridan qo‘rqsa-da, 
“Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib 
turguvchidir”
, degan oyatni o‘qimaganiga hayronman, chunki Alloh taolo aytadi: 
“Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan 
saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi”
(G‘ofir, 44 – 45); 
jannatga rag‘bat qilaturib, 
“Alloh xohlagan narsagina (bo‘lur), bor kuch-quvvat yolg‘iz Alloh bilandir”,
oyatini o‘qimaganga ajablanaman, holbuki, Alloh taolo aytadi: 
“Shoyadki, Parvardigorim menga sening bog‘ingdan yaxshiroq (bir bog‘) ato 
etar”
(Kahf, 39 – 40-oyatlar)“. 
891. Qatoda aytadilar: “Bizlarga zikr qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir 
kishi: “Ey Parvardigor, meni oxiratda azoblaydigan bo‘lsang, uni shu dunyoda bera qol”, 
deb aytardi. So‘ng u kishi kasal bo‘ldi. Holdan toyib, erta-indin o‘ladigandek bo‘lib qoldi. 
Payg‘ambarga (s.a.v.) u haqda xabar berishdi. U zot kelib uning boshini ko‘tardilar. U 
hushsiz edi. So‘ngra aytishdi: “Ey Rosulylloh, bu odam shu-shu duoni o‘qirdi”. 
Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Ey odam farzandi, sen Alloh taoloning azobini 
ko‘tarishga qodir emassan, shuning uchun “Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham 
yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan asra”, deb ayt”. U kishi shunday duo qildi va 
sog‘ayib ketdi”. 
Zikr qilinishicha, Utba G‘ulom vafot etganida bir kishi uni tushida ko‘rib: “Rabbing seni 
nima qildi?” deb so‘rabdi. “O‘qib yurgan duolarim sababli Alloh meni kechirdi. U devorda 
yozilgan”, debdi Utba. Kishi uyg‘onib devorga qarasa, uning xati bilan yozilgan duoni 
ko‘ribdi: “Ey Parvardigor, ey namozxonlarning hidoyatchisi, ey gunohkorlarga rahm 
qilguchi, ey gunohkorlarning gunohini kechiruvchi! Bu katta xatardan bandangga va 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin