Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar, sizlarning



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə377/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar, sizlarning 
biron siringiz maxfiy qolmas”
(Al-Haqqa, 18-oyat). 
912. Faqih aytadilar: Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Alloh taoloning 
shunday deganini rivoyat qilganlar: “Ey bandalarim, men zulmni o‘zimga harom qildim. 
Sizlarning oralaringizda ham harom qildim. Bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey 
bandalarim, hidoyat qilganlarimdan boshqalaringiz adashguvchisiz. Mendan hidoyat 
so‘rangizlar, hidoyat qilaman. Ey bandalarim, men taomlantirganlarimdan boshqalaringiz 
ochsizlar. Mendan taom berishimni so‘ranglar, sizlarni oziqlantiraman. Ey bandalarim, 
hammalaringiz yalang‘ochsiz, faqat men kiyintirganlar yalang‘och emas. Mendan kiyim 
kiydirishimni so‘ranglar, kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kechasiyu kunduzi xato 
qilasizlar. Men hamma gunohlarni kechiraman. Mendan gunohlaringizni kechirishimni 
so‘ranglar, sizlarni kechiraman. 
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, insonlaru jinlarning taqvosi bir 
kishining qalbida bo‘lsa, o‘sha narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi. 
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, jinlaru insonlarning fujuri bir 
kishining qalbida bo‘lsa, u narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi. Ey 
bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringiz, insonu jinlaringiz bir tepalikda turib


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
343
har biri hojtini Mendan so‘rasa va ularga bersam, huzurimdagi hech narsani 
kamaytirmaydi. Kamaytirsa ham, bitta igna dengizga bir botirilib, keyin undagi suvdan 
olib chiqqanchalik kamaytiradi. Ey bandalarim, albatta, bular sizlarning amallaringiz
ularni sizlar uchun saqlab qo‘yaman va qiyomat kuni o‘zingizga qaytaraman. Bas, kim 
yaxshilik topsa, Allohga hamd aytsin, kim undan boshqasini topsa, faqat o‘zini malomat 
qilsin”. 
913. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy aytdilar: 
“Kasallarni ziyorat qilinglar, janozalarga qatnashinglar, u sizlarga oxiratni eslatadi”. 
Hakim zotlardan biri tobut orqasidan mayyit haqqiga rahmat so‘rayotgan kishilarni 
ko‘rdi. Shunda u: “Agar o‘zlaringizga rahmat so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Chunki u o‘ldi 
va uch narsadan qutildi: o‘lim farishtasini ko‘rishdan, o‘limning achchig‘idan, yomon 
xotima topish xavfidan”, dedi. 
Aytishlaricha, Abu Dardo (r.a.) tobut orqasidan bir kishining: “Bu kim edi?” degan 
so‘zlarini eshitdilar. Shunda unga Abu Dardo: “Bu sensan, agar karih ko‘rsang, u 
menman. Alloh taolo: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin