Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə378/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham 
o‘lguvchidirlar”
(Zumar, 30-oyat), deb aytgan”, dedilar. 
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini
ko‘rdilar. So‘ngra: “Bu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni 
ishtahasi tortyapti”. 
Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Ajabo, bir qavm oxiratga 
tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi”. 
Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan 
qaytgandek bo‘lar edilar. 
Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Kim xotirjam bo‘lsa, jannati 
bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki, ahli jannatlar:
“Haqiqatan bizlar ilgari (hayotiy dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan
chog‘imizda, oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik”
(At-
tur, 26-oyat), deb aytadi».
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: “Qur’onni ko‘targan kishi kechqurun 
odamlar uxlaganida bedorligi bilan, kunduzini odamlar og‘zi ochiq bo‘lganida ro‘zasi 
bilan, odamlar xursand bo‘lganlarida g‘amgin bo‘lish bilan, odamlar kulganlarida yig‘lash 
bilan, odamlar gapirganida jim turish bilan, odamlar gerdayganlarida xushu’ bilan ajralib 
turishi kerak. Qur’onni ko‘targan kishi g‘amgin, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. 
Dag‘al, g‘ofil, baqiroq va serjahl bo‘lmasligi kerak. 
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Banda uchun g‘am va xavfdan yaxshiroq do‘st 
yo‘qdir. G‘am o‘tgan gunohlar, xavf qachon tushishi noma’lum bo‘lgan gunohlar 
uchundir”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
344
Hakim aytadilar: “Kim uch o‘rindan boshqa payt g‘amgin va xafa bo‘lsa, u xafachilikni 
ham, xursandchilikni ham bilmabdi: iymon g‘ami, chunki umri iymon bilan tugaydimi 
yoki yo‘qmi, bilmaydi; Alloh amri uchun bo‘lgan g‘am, ularni mukammal qildimi yoki 
yo‘q, buni ham bilmaydi; xusumatchilar g‘ami, ulardan qutuladimi yoki yo‘q, noma’lum”. 
914. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ko‘zdan 
suv tushsa, Alloh uni do‘zaxda yondirishni harom qiladi, agar ko‘z yoshi yuzga tushsa, u 
musibat va xorlik bilan jabrlanmaydi. Har bir yaxshi amalning savobi bordir. Faqatgina 
ko‘z yoshi olov dengizini o‘chiradi. Agar ummat ichida bir banda Allohdan qo‘qib yig‘lasa, 
Alloh taolo u ummatga o‘sha banda yig‘lagani uchun rahm qiladi”. 
Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Allohdan qo‘rqib yig‘lashim va 
ko‘z yoshlarimning yuzimga oqishi menga tanam og‘irligicha tilloni sadaqa qilishimdan 
yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, ko‘z yoshidan bir tomchisi 
yerga oqsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmaguncha, unga do‘zax o‘ti tegmaydi. 
Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga 
qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishiga hech qachon do‘zax o‘ti 
yetmaydi». 
915. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Bir 
bandaning ko‘zidan pashshachalik yoki pashshaning boshichalik ko‘z yoshi Allohdan 
qo‘rqqani uchun oqsa va yuziga tushsa, unga abadiy do‘zax o‘ti tegmaydi”. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Faqat Allohning fazli bilangina ko‘z yosh chiqaradi. Farishta 
kishining qalbini silamagunicha uning ko‘zidan yosh chiqmaydi”. 
916. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taologa ikki 
tomchidan-da sevimliroq tomchi yo‘q. Ulardan biri qorong‘u kechadagi ko‘zyoshning 
tomchisi va yana biri Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi”. 
Ziyod Namiriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “ Alloh taolo ba’zi kitoblarida: “Agar 
bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa, uni intiqomimdan xalos qilaman. Agar bandam Mendan 
qo‘rqib yig‘lasa, yig‘isini qudsiy nur tabassumlariga almashtirib qo‘yaman, deb aytgan”. 
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilinadi. U kishi bir kechasi namoz o‘qidilar. So‘ngra: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin