Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
340
901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sunnatda ozgina
amal qilish, bid’atda ko‘p amal
qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir”.
902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod
qilishdan yaxshidir”.
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “So‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan
durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi.
903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki kishiga
mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: “Ummatimdan ikki toifaga”, deyilgan).
Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni
dinda chuqur ketib, sunnat va
jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga).
Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Alloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda
Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga
hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni
eslab, ko‘ziga yosh
kelsa va terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib,
shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat yo‘lida iqtisod
Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod
bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar.
904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Bani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va
mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va
bittasi jannatdadir”. “Ey
Rasululloh, bu bittasi kimlar?” deb so‘radilar. Aytdilar: “ Ahli
sunna va jamoa”.
905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: “Fasod paytida sunnatimni mahkam
ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir”.
Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: “Sizlarni kattalarni
qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni
sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar
va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb
aytilsa, nima qilasizlar?” Bir kishi so‘radi: “Ey Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?”
“Agar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa,
qorilaringiz ko‘paysa, oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani
yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki,
agar ularga
itoat qilsanglar adashasizlar, agar osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar”, dedilar Ibn
Ma’sud. “Bizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?” deb so‘rashdi. “Uyingda o‘tirib
amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir”, dedilar.
906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: “Bizlarga
Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: “Ey odamlar,
sahobalarimni hurmat etinglar,
ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi
sahobalarimdir. Men ularga (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon
keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam,
hammasiga iymon
keltirishdi va ularga amal qilishdi.
So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi asrdagilar. Ular meni