Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
342
911. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Kim
jamoatga bir qarich xilof qilsa, Islom ahdini bo‘ynidan yechibdi”.
Uvays Qaraniy Xaram ibn Hayyonga vasiyatida aytadilar: “Jamoatdan ajralishdan
saqlan, chunki o‘zing bilmagan holda diningdan ajralib qolasan. So‘ngra
qiyomat kuni
do‘zaxga kirasan.
Alloh biluvchiroqdir.
_________________
Sunnatga amal qilish bobi hadislari
900-hadis. Sahih. Molik rivoyat qilgan.
901-hadis. Zaif.
902-hadis. Sahih-mavquf. Doramiy, Hokim rivoyat qilgan.
903-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang.
904-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
905-hadis. Juda zaif.
906-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Termiziy rivoyat qilgan.
907-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
908-hadis. Zaif. Termiziy, Hokim rivoyat qilgan.
909-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan.
910-hadis. Juda zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang.
911-hadis. Sahih. Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilgan.
SAKSON UCHINCHI BOB
OXIRAT ISHLARIGA QAYG‘URISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar. Sobit ibn Xajjoj Umar ibn Xattobning (r.a.)
bunday deganlarini rivoyat qildilar: “O‘lchanishlaringizdan avval o‘zlaringizni o‘lchanglar,
hisob berishingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Ro‘para bo‘linadigan ulug‘ kun
uchun ziynatlaninglar. U kun qiyomat kunidir.
Dostları ilə paylaş: