www.ziyouz.com kutubxonasi
334
Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: “Bir kishi o‘tib ketayotib, uxlab
yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri sherigiga: “Borib bu
odamning qalbini buz”, dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga kelib, darhol orqasiga
qaytdi va shunday dedi: “U bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz”. So‘ng
ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: “To‘g‘ri aytding”,
dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib, shaytonlar bilan
bo‘lgan ishni aytdi va “Uxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?” deb so‘radi. U:
“Albatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra arshiga o‘rnashdi” , jumlasidan
“Zero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir” gacha (A’rof, 54 –
56) o‘qiganini aytdi.
Abu Majlaz aytadilar: “Kim zolim amirdan qo‘rqsa, “roziytu billahi robban va bil islami
diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman”, desa,
unga Alloh najot beradi.
884. Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Xolid ibn Valid: “Ey Allohning
elchisi, men tushimdan qo‘rqyapman”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “A’uzi
bikalimatillahit tammati min ‘azabihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish
shayatiyni va a’uzu bika robbi an yahzurun, deb ayt”.
885. Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Maozning (r.a.) qo‘llaridan ushlab aytdilar: “Senga
vasiyat qilamanki, har namozingdan keyin ushbu: “Allohuma a’inni ‘ala tilavati zikrika va
shukrika va husni ‘ibadatika” duosini o‘qishni tark qilma.
886. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uyqudan uyg‘onsalar:
“Alhamdu lillahillaziy ahyaniy ba’da ma amataniy va ilayhin nushur”, deb aytar edilar“.
887. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Agar birortangiz
yomon tush ko‘rib, undan qo‘rqsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va uning
yomonligidan uch marta Allohdan panoh tilasin. Shunda u zarar bermaydi”.
888. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey
Allohning elchisi, duolarning qaysisi afzal?” deb so‘radi. “Rabbingdan avfni, dunyo va
oxirat salomatligini so‘rashing afzal”, dedilar. So‘ng uchinchi kun kelib, yana shunday
deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar avf, dunyo va oxiratda salomatlik berilsa,
albatta, najot topasan”, dedilar“.
889. Rivoyat qilishlaricha, Ibn Mas’ud (r.a.) safarga chiqishni xohlasalar, ulovlariga
minib, so‘ng: “Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila
robbina lamunqolibun. Allohumma, antas sohibu fis safar, val xolifatu fil ahl.
Allohumma, atvi lanal arzo va havvin ‘alaynas safar. Allohumma, inna na’uzu bika min
vu’asais safar val huru ba’dal kur va kaabatil munqolibi va suil manzar fil ahli va mali
val valad“, deb aytar edilar.
890. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: “Ahlingiz bilan turmush qurayotganingizda unga ikki
rak’at namoz o‘qishni buyuring, so‘ng uning boshini ushlab, ey Parvardigor, menga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
335
ahlimni barkotli qil. Ahlimga meni barakotli qil va mendan uni rizqlantir va undan meni
rizqlantir. Bizlarning oramizga yaxshilikni jam qil”, deb ayting”.
Ja’far ibn Muhammad (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa bilan balolanib, to‘rt narsadan
g‘aflatda qolgan kishiga hayronman:
G‘am bilan balolanib,