Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan 
zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir”
(Ra’d, 29), degan so‘zi 
haqida deydi: “Jannatdan murod jannatdagi bir daraxtdir. Jannatdagi hamma uylar 
uning shoxlari soyasida turadi. Uning turli xil mevalari bor. Unga xuddi ho‘kizdek qush 
qo‘nadi, jannat ahllaridan biron kishi o‘sha qushni xohlasa, uni chaqiradi, so‘ng 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa 
pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi”. 
67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr 
kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida 
kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va 
hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar. 
Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi 
axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi 
oltmish gazdir”. 
68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, ahli 
jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi 
sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari 
Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek 
o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki 
qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: “Ey Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv 
ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri 
suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!”, xohlagancha 
yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning 
barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin