Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
121. Ali ibn Abu Tolib, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
aytdilar: “Arshning oldida, xalqni yaratmasdan to‘rt ming yil oldin yozilgan bitik bor:
“Men tavba qilgan hamda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri
yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etuvchidirman”
(Toho, 82).
X BOB. YANA TAVBA HAQIDA
122. Ibn Abbosdan rivoyat: “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn
Xattob: “Yo Rasululloh, tavba eshigi nima?” deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Tavba eshigi mag‘ribning orqasidadir,
uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan
qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan
kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir.
Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan
qaysilari tavbai nasux qilsa,
uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi”. Maoz ibn Jabal aytdi: “Otam-onam sizga fido
bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?” Aytdilarki: “Gunohkor o‘zidan
o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni
qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh
bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib
yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki
ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan
keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan
yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin
muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir:
Dostları ilə paylaş: