www.ziyouz.com kutubxonasi
92
har to‘g‘rida sizni himoyat qilmoqqa va’da berib, bay’at topshirdik, qaysi ishga Alloh amr
etgan bo‘lsa, boshlang, biz tayyormiz. Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Alloh oti ila ont
ichurmankim, agar bizni boshlab qay dengizga kirar bo‘lsangiz, ortingizdan qolmay,
bizlar ham kirarmiz, suv dengizi emas, o‘t dengizi bo‘lsa ham sizdan ajralmaymiz, har
qancha ko‘p dushman qarshisida bizni qo‘ysangiz, uni ko‘p ko‘rib, og‘ir olmaymiz. Urush
maydonida bizlar chidamlikdurmiz. Dushman qarshisida erlik bilan turib, qahramonlik
ko‘rsata olurmiz.
YO Rasulalloh, ertaga ko‘rasiz, dushman oldida qilgan bahodirlik ko‘rsatgan
botirliklarimiz. Sizni albatta, suyuntirgay, albatta, shunday bo‘lur deb Allohdan umid
etamiz», deb so‘zini to‘xtatdi.
Bu so‘zlarni eshitib Rasululloh suyunganlaridan muborak yuzlari yaltirab ketdi. So‘ngra
aytdilar: «Sizlarga bashorat bo‘lg‘aykim, dushmanlarimiz bu urushda bizdan
yengiladilar. Urush maydonida alarning yiqilib yotgan joylari Xudo tarafidin ko‘zimga
ko‘rsatildi». Ya’ni, Alloh taolo ikki toifaning birini berurman, deb Payg‘ambarimizga va’da
qilgan edi. Shu va’da Quraysh qo‘shiniga to‘g‘ri kelib, alarning bu urushda uchraydurgan
voqealari ko‘rsatildi. Abu Jahl boshliq bir qancha Quraysh raislarining bu maydonda
o‘ladurgan joylarini belgilab, bir kun oldin sahobalarga ko‘rsatdilar. Qaysi yerni
ko‘rsatgan bo‘lsalar, xuddi o‘shal yerda degan kishilari halok bo‘ldi. Bunday g‘oyib
ishlardan xabar berishlari Payg‘ambarimizning mo’jizalari edi.
Endi so‘zni Abu Sufyondan eshitamiz. Abu Sufyon Payg‘ambarimizning yo‘l to‘sib
chiqqanlarini anglagandan so‘ngra, yurgan yo‘lini tashlab, yiroq bo‘lsa ham dengiz bo‘yi
yo‘liga tushib karvonni qutqazdi. Darhol xat yozib, kelayotgan Quraysh qo‘shiniga kishi
yubordikim, bizlar qutuldik, endi boshqa hojat yo‘q, sizlar qaytinglar, deb yozgan edi. Bu
yuborilgan kishi alarga yo‘lda yo‘liqdi. Xatni o‘qigandin so‘ngra Abu Jahldan boshqa
barcha Quraysh raislari Abu Sufyon so‘zi bilan yo‘ldan qaytib ketishni ma’qul ko‘rdilar.
YOlg‘iz Abu Jahl bu ishga rozilik bermadi: «Biz yo‘limizdan qaytmaymiz, Badr maydoniga
borib, ul joyda uch-to‘rt kun turaylik, atrofdagi arablar bu ishimizdan xabar topsinlar,
tuya so‘yib, chag‘ir ichib askarga ulush beraylik, arab eliga bizning otimiz tarqalsin, bu
yo‘lni shundoq qilib qaytsak, xalq ichida obro‘yimiz oshib, haybatlik bo‘lurmiz», dedi.
Buning bu so‘ziga qarshi chiquvchilar bo‘lsa ham, alarning so‘zlari rad qilinganlikdan,
ba’zilari o‘zlariga qarashlik bo‘lgan kishilarni olib, yo‘ldin qaytdilar. Qolgan Kuraysh
qo‘shinlari shu yurganlaricha, Badr vodiysining Makka tomonidagi chetiga kelib qo‘ndilar.
Bu joy bo‘lsa, Makka bilan Madina oralig‘idagi, Madinaga yaqinroq bir yerdur. Qo‘nishlari
yumshoq tuproqlik, keng ketgan tekislik edi. Mushriklar bu o‘ringa yetganda, u
tomondan Payg‘ambarimiz ham yaqinlashib keldilar. Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom, bu
ikkovlarini dushmandin xabar olib, til tutmoqqa askar oldidan yuborgan edilar. Bular
Quraysh askarlarining suvchilariga yo‘liqib, alardin ikki kishini ushlab, Rasulullohga
kelturdilar. Shu vaqtda Rasululloh namoz o‘qib turmoqda edilar. Namozdin bo‘shaguncha
bularni so‘roqqa olishdi. Alardin kim ekanliklarini so‘rab edilar, «Quraysh askarlarining
suvchilarimiz», deb rostini aytdilar. Bunga ishonishmay: «Sizlar Abu Sufyon kishilari
bo‘lgaysiz», deb alarni qattiq urdilar. Qiynoqdin qutulmoq uchun, yolg‘on bo‘lsa ham:
«Abu Sufyon g‘ulomlarimiz», deb turganda, Rasululloh namozlarini o‘qib bo‘lib, alarga
aytdilarkim: Rostini aytganda bularni urdinglar, yolg‘on aytsalar qo‘ydinglar. Quraysh
suvchilarimiz, deganlari to‘g‘ridur. Qani ulardin bizga xabar beringlar, raislari kimlar,
askar soni qancha?» — deb so‘radilar. Anda suvchilar: «Biz Quraysh askarlarini anavi
ko‘ringan egiz qumtepa ortida qo‘ndirib keldik. Ammo askar soni qancha ekanini
bilmaymiz», dedilar. «Andoq bo‘lsa, har kuni askarning ovqatiga necha tuya so‘yiladi?»,
dedilar. «Bir kun o‘n, bir kun to‘qqiz tuya so‘yiladi», deyishdi. «Bu so‘zinglar rost bo‘lsa,
askar soni to‘qqiz yuz bilan ming oralig‘ida bo‘lg‘ay», dedilar. Ikkinchisi, bu askar ichida