www.ziyouz.com kutubxonasi
163
— Ey qizim Oisha, sening har bir ishingdan bir barakot chiqqay, — dedilar.
Ansor raislaridan Usayd ibn Huzayr kelib:
— Abu Bakr Siddiq avlodida musulmonlar uchun ko‘p barakot bordur, — deb suyunchilik
qildi.
Shuning uchun onamiz hazrati Oisha aytdilar:
«To‘qqiz ne’matdurkim, Alloh taolo uni menga bermishdur. Ulardin hech birini boshqa
xotunlarga bermabdur.
Biri shuldirkim, Jabroil alayhissalom mening rasmimni kaftida keltirib, Rasulullohga
ko‘rsatib: «Bu rasm egasi sening jufting bo‘lg‘ay», dedi.
Ikkinchisi meni Rasululloh qiz oldilar, boshqa xotunlari esa, hammasi er ko‘rmish, juvon
edilar.
Uchinchisi shulki, Rasululloh eng oxirgi umrida, mening quchog‘imda, boshlari ko‘ksimda
turib jon berdilar.
To‘rtinchisi esa, Rasulullohning qabrlari mening uyimda bo‘ldi, demak, mening uyim
arshi a’zamdan ham ulug‘ darajaga yetdi.
Beshinchisi, Rasululloh bilan bir to‘shakda yotgan vaqtimda ham vahiy kelur edi. Boshqa
xotunlari bilan yotgan chog‘larida bu ish bo‘lmadi.
Oltinchisi, otam Abu Bakr Siddiq Rasulullohning ajralmas do‘sti bo‘lib, vafotlari so‘ngida
aning birinchi xalifasi bo‘ldi.
Ettinchisi, pok yaratildim, pok nasldan tug‘ildim, eng pok, muqaddas zotga yor bo‘ldim.
Sakkizinchisi, tiriklik chog‘imda Allohning rahmat va mag‘firati bilan menga bashorat
berildi.
To‘qqizinchisi, munofiqlar qilgan tuhmatdin pokligimni Alloh taolo vahiy yuborib, o‘zi
isbot qildi.
Mana shu o‘tgan voqealardin so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vassallam bu safardin
qaytib, sog‘ va salomat Madinaga keldilar.