Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
307
— Sen bilan qaysi joyda ko‘rishgan edim? — dedilar.
U kishi:
— Yo Rasulalloh, meni hijratdan ilgari Ukoz bozorida ko‘rib, dinga da’vat qilgan edingiz.
Sizga
ozor berib, ko‘p yomon so‘zlar aytib qaytargan edim, — dedi.
— Ha, shundog‘ bo‘lgan edi, — dedilar.
So‘ngra ul:
— Yo Rasulalloh, o‘shal kunlarda mendan qattiqroq sizga dushmanlik qilgan kishi yo‘q
edi. Islom dinidan hammadan ko‘proq nafrat qilgan men edim.
Hamdu sano ul
Allohgakim, ko‘rmasdan turib iymonga musharraf bo‘ldim, o‘lmasdan ilgari sizni ko‘rdim.
O‘shal chog‘da siz bilan ko‘rishgan menim yo‘ldoshlarim hammasi johiliyat dinida o‘ldilar.
Ilgari sizga og‘ir so‘zlar aytib, qattiq qarshilik ko‘rsatgan edim. Shu gunohim
kechilarmikin, Allohdan tilab bering, Yo Rasulalloh, — dedi.
Anda Rasululloh:
— «Alislomu yajubbu ma qoblahu», ya’ni Islom o‘zidan ilgari har qanday gunohni yo‘q
qilgay, — dedilar.
So‘ngra Rasululloh bularning raislari Xuzayma ibn Savodning yuzini qutlug‘ qo‘llari
bilan
siladilar ersa, yongan chirog‘dek yarqirab, yuzi nurlik bo‘ldi. So‘ngra bularga ham
hadyalar berib qaytmoqqa ruxsat berdilar. Raziyallohu anhum.
Dostları ilə paylaş: