Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
306
deyishdi.
Anda yana Rasululloh:
— Ko‘rgan fitnalaring eng ulug‘ini
bizga gapirib bergil, — dedilar ersa, ular:
— Yo Rasulalloh, o‘tgan yillarning birida qattiq quruqchilik bo‘ldi, yerdan ekin unmay
ocharchilik boshlandi. Biz yemagan narsa qolmadi. So‘ngra o‘zaro maslahatlashib
qo‘limizdagi
bor narsalarimizni sotib, shuning puliga yuz ho‘kiz oldik. Barchamiz
yig‘ilishib «Am anas» butimizdan yomg‘ir so‘rab, uning oldiga keldik. Unga atab yuz
ho‘kizni qurbon qildik. It-qushlar yesin deb, o‘zimiz qarab turdik. Yo‘q esa,
ulardan ham
biz muhtoj edik. Shu soatdan boshlab yomg‘ir yoqqani turdi. Shundoq ko‘p yog‘dikim,
tuyalarimizning to‘qimlari yomg‘ir suvi bilan ko‘mildi. To‘qchilik boshlanib, ocharchilik
ko‘tarildi. Ana, «Am anas» butimiz yomg‘iryog‘dirdi, tilagimizni berib, bizga ne’mat
yetkuzdi, — deb quvonchlik bilan tarqashdik. Undan ko‘rgan fitnamizning ulug‘rog‘i shu
edi. Qaysi bir vaqtlarda o‘zaro
janjallashib qolsak, uning oldiga borur edik. Foyda
ziyonimizga hukm chiqarib gapirur edi, — dedilar.
Anda Rasululloh aytdilar:
— But og‘zidan sizlarga so‘zlaguvchi ersa shaytondur. Butlarda ilohiy quvvat bor deb
ishonishlariga shunday ishlar sabab bo‘lmish edi.
So‘ngra
ular Islom dinining asoslarini, undagi farz, vojiblarini so‘rashdilar. Bu narsalarni
Rasululloh bayon qilib, ularni qanoatlantirdilar. So‘ngra shundoq marhamat qildilar:
— Qilgan ahdlaringni buzmanglar. Ahdiga vafo qilmoq iymon alomatidur.
Omonatga
xiyonat qilmanglar. Xiyonat qilmoq Islomda haromdur. Qo‘shni haqini yaxshi saqlanglar,
hech kimga zulm qilmanglar. Zulm qiyomatda zulmat bo‘lur. Zolimlar qorong‘ulikda
qolg‘ay.
Shu bilan bir necha kun o‘tib, ketar vaqtida har birlariga o‘n ikki uqiya kumushdan
hadya berib, ruxsat qildilar.
Dostları ilə paylaş: