Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
305
— Mehmonning ziyofatini qilmoq necha kungacha uy egasiga lozim bo‘lur?
Rasululloh aytdilar:
— Kelgan mehmonni uch kungacha kutmak vojibdur. Bundan ortig‘i sadaqa bo‘lur.
Mehmonga lozimdurki, tushgan joyiga og‘ir kelgudek ish qilmagay.
— Yo Rasulalloh, egasi yo‘qotgan qo‘y-echkilarni cho‘llarda topar bo‘lsam, ularni olg‘ali
bo‘lurmu?
— Albatta, uni olishing kerakdur. Yo‘q esa bo‘riniki bo‘lur. So‘ngra egasi chiqar ersa,
berishing lozimdur.
— Agar yo‘qolgan narsa tuya bo‘lsa, unga yo‘liqib qandoq qilurmiz? — dedi.
— U bilan ishing bo‘lmagay, egasi o‘zi
topib olgay,— dedilar.
Shu bilan Rasululloh oldilarida uch kun turishib, so‘ngra o‘z ellariga qaytdilar.
Dostları ilə paylaş: