Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
303
Ya’ni, «Bular musulmon bo‘ldik, deb minnat qilurlar.
Ularga aytgil, musulmon
bo‘lganlaringizni menga minnat qilmanglar. Agar haqiqatda iymon keltirgan bo‘lsangiz,
sizlarni Islom diniga hidoyat qilgani uchun Alloh minnat qilsa bo‘ladi», demakdur.
Shu oyat nozil bo‘lgach, bularga berilgan tanbeh boshqalarga ibrat bo‘ldi.
So‘ngra ulardan birovi turib:
— Yo Rasulalloh, Islomdan ilgari rivojda bo‘lgan Ayofat, Kahonat, Zarbulhaso —
ishlarining hukmi Islom shariatida qanday bo‘lur? — deb so‘radi.
Anda Rasululloh:
— Islom dinida mundoq ishlar yo‘qdur, bularga yo‘l qo‘yilmagay, — dedilar.
Islomdan ilgari arablar odati shundoq erdikim, bir ishni qilaymi-qilmaymi
deb ikkilanib
turgan kishi ertalab tong otmasdan ilgari borib, uyasida yotgan qushni topib hurkitur
edi. Agar qush o‘ngga qarab uchsa ishim o‘ngaldi deb, u ishni qilur edi, agarda so‘lga
qarab uchsa, u ishdan saqlanur edi. Ayofat ma’nosi shudir.
«Kahonat» folchilik, «zarbulhaso» tulga tortishdur. Bu ikkovi ersa o‘z
ichimizda hali
bordur. Kelajakdagi yoki o‘tmishdagi g‘ayb ishlarni Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi.
Agar bu ish Payg‘ambarlardan yoki avliyolardan ko‘rilar ekan, bu ham Xudo tomonidan
bildirilib, birinchisi, mo‘jiza bo‘lib, ikkinchisi, karomat deyilur. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam:
— Men dunyodan o‘tganimdan keyin vahiy to‘xtalib, g‘ayb eshigi yopiladi. Magar menim
yaxshi ummatlarimning ko‘rgan tushlari ersa, to‘g‘ri bo‘lganlikdan kelajakdagi g‘ayb
ishlaridan xabar beradi, — dedilar.
So‘ngra bu elchilar Madinada
bir necha kun turishib, din hukmlarini o‘rganishib, so‘ngra
Rasulullohdan ruxsat olib, o‘z ellariga qaytdilar. Raziyallohu anhum.
Dostları ilə paylaş: