O‘TTIZ IKKINCHI MO’JIZA Rasulullohning xodimlari hazrati Anas bu voqeani shunday rivoyat qilur:
«Sahobalardan bir yigit vafot topdi. Aning bir ko‘r kampir onasi bor erdi. O‘lik iyagini
bog‘lab kampir onasiga ta’ziyat aytdik. Onasi yig‘lab:
— Ey bor Xudoyo, o‘zing bilursan, men vatanimni tashlab, sening roziliging uchun
payg‘ambar oldiga hijrat qilib keldim. Ko‘zim ko‘r, o‘zim ojiz erurman. Bu o‘g‘limdan
o‘zga xizmat qilgudek mening yordamchim yo‘qdur. Ey rahmlik mehribon rabbim, bu
musibatni mendan ko‘targil, — deb duo qilishi bilan yotgan o‘likka qaytadan jon kirdi.
Yuziga yopgan pardani olib tashlab: «Alhamdulilloh» deb o‘rnidan turdi».
Bu ham bo‘lsa Rasulullohning mo’jizalari erur. Chunki ummatidan ko‘rilgan karomat ersa
payg‘ambarning mo’jizasidan bo‘lg‘ay. Oy nurini quyoshdan olgandek, har ummatning
avliyolari ko‘rsatgan karomatlarini o‘z payg‘ambarlaridan olgaylar.