Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
343
oxiri xorlikka qolib, bezor bo‘lg‘ay. Ilm-hunarning ko‘pligidan
boshqalar bu yoqda, o‘zi
qong‘udek ham foyda ololmagay.
Endi baraka degan narsa nimadur? Har ishning igililigi, har ishdan chiqqan yaxshilik
natijasidur. Bu ersa Xudo tomonidan bo‘lur. Iymonlik kishilargina munga ishonurlar.
«Umringdan baraka topgur», deb duo qilish eng ulug‘ olqishdur.
Baraka Xudo tomonidan bo‘lur dedik. Muning ma’nosi shuldurkim,
har qanday inson bir
ishga kirishmoqchi bo‘lsa, eng avval shariat buyurgancha o‘z niyatini to‘g‘rilashi farzdur.
Agar din ilmini o‘qimoqchi ekan, bilganiga birinchi o‘zi amal qilsin, bilmaganini so‘rasin,
bilganlarini o‘rgatishga niyat qilsin. O‘qishi va o‘rgatishi Xudo uchun bo‘lsin. Bu to‘g‘rida
hech kimdan ta’ma qilmasin. Birovning yelkasiga yuk bo‘lish emas, balki birovning yukini
yengillatish ko‘yini tutsin,
qisqasi shulkim, qaysi fanni bilsa, qanday hunarni o‘rgansa,
boshqalarga yordam yetkazish, inson olamiga bir ulush foyda kirgizishni o‘ylasin. YOlg‘iz
o‘zi ko‘rib, o‘z
foydasinigina kuzatish esa, islomiyatga ochiq xiyonat, insoniyatga ulug‘
jinoyatdur.
Agar kishi Rasululloh aytganlaridek, ish boshida niyatini to‘g‘rilab,
xalq foydasini kutmas
ekan, yetmish turlik ilm-fan bilgani bilan o‘la-o‘lguncha ishdan qo‘li bo‘shamaydi, ko‘ngli
g‘am-qayg‘udan chiqmaydi. Agar barakalik bo‘lur ekan, ishi oz bo‘lsa ham unumlik
bo‘lib, aning yaxshiligi o‘zidan oshib boshqalarga ham yetadi.
Inson olami yaratilgandan boshlab shunday barakalik kishilardan butun xalq foydalanib
kelmoqdadur.
Dostları ilə paylaş: