Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
340
o‘rganishur edi. Yangidan kelishganlari bo‘lsalar iymon aytib dinga kirishur edi. Shundoq
qilib, tong otguncha Rasululloh bilan o‘ltirib ular suhbat o‘tkazdilar. Majlis tugar
chog‘ida:
— YO Rasulalloh, Qur’ondan
tilovat qilib bersangiz, bizlar ham o‘z og‘zingizdan Xudo
so‘zini eshitsak,— dedilar.
Anda Rasululloh ularga «Ar-rahmon» surasini o‘qib berdilar. Bu surada o‘ttiz joyda
«Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» kelur. Bu oyatning ma’nosi: «Alloh sizlarga bergan
ne’matlarining qaysi birini yolg‘on deb ayta olasiz?» Bu ersa
insu jinga qarata Allohning
aytgan so‘zidur. Rasululloh shu oyatni har o‘qiganlarida jinlar:
— Hech birini yolg‘on deya olmaymiz, yo Rabb, — deyishib, javob berib turdilar.
Bu so‘zlari Rasulullohga ko‘p xush keldi. Tilovat tamom bo‘lgach, elchi jinlar
Rasulullohdan sovg‘a so‘radilar.
Anda Rasululloh:
— Menim ummatlarimning qiyomatgacha yegan go‘shtlarining
suyaklari ilgarigidek
go‘shtlik bo‘lib sizlarga taom bo‘lsin va alarning mingan otlarining tezaklari ersa
sizlarning otinglarga yem bo‘lsin. Mana shu narsani sizlarga tuhfa qildim, — dedilar.
Go‘shtini yeb qoldirgan bizning suyaklarimiz va otlarimizning tezaklari jin
birodarlarimizga tuhfa bo‘ldi. Shuning uchun shariatda bu narsalar bilan kishi o‘zini
tozalab, istinjo qilishi durust emasdur. Rasululloh bundan qaytardilar. So‘ngra
Rasululloh
qaytib kelganlarida bu voqeani sahobalarga gapirdilar.
Anda sahobalar:
— Bizga ham o‘qib bering shu surani, yo Rasulalloh,— deyishdi.
Bularga ham tilovat qilib Ar-rahmon surasini tamom o‘qidilar. Sura tamom bo‘lguncha
sahobalar sukutda bo‘lishib o‘ltirdilar.
Anda Rasululloh:
— So‘z maromini sizlardan jin birodarlaringiz yaxshiroq bilur ekan. Ular har bir «Fabiayyi
alai rabbikuma tukazziban»ni o‘qiganimda javob qaytarib turishdi, —
deb marhamat
qildilar.
Shuning uchun bu sura o‘qilsa, har bir «Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» deganda
jinlardek javob aytib turmoq eshituvchilarga sunnat bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: