Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
341
ulug‘ darajalik inson hech qachon ko‘rilmagan. Uni qaranglar-chi, ko‘zi uxloq ko‘ngli
uyg‘oqdir. Buning misoli shuldurkim, bir podsho eng chiroyli bir saroy solmishdir.
Uning
ichini yasab, har turlik ne’matlar bilan to‘ldirmishdur. So‘ngra u podsho elchilar, jarchilar
yuborib
yorliq qilmishkim, hech kim qolmay mening saroyimga kirib ular uchun
tayyorlangan cheksiz ne’matlarimdan xohlaganlaricha yesinlar,
men ulardan rozi
bo‘lurman. Agar jarchilar so‘zlariga quloq solmay menim saroyimga kelmasalar, ularga
qahr qilurman, demishdur. Mana bu podsho Allohdur. Yasalmish nozu-ne’matga to‘lmish
saroy
ersa Allohning jannatidur, xalqni chaqirmoq uchun yuborgan elchisi
Muhammaddur. Kim Muhammadning so‘ziga kirib, uning chaqirig‘ini qabul qilmas ekan.
Tangrining qahriga qolib abadiy azobga yo‘liqqay, — dedilar.
So‘ngra ular yana ko‘kka ko‘tarilib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Shu orada Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uyqudan uyg‘onib:
— Ey Ibn Mas’ud, bular so‘zlarini angladingmi? Ularning kimlar ekanini bildingmi?
Bular
ersa Allohdan kelgan farishtalardurlar, — dedilar».
Dostları ilə paylaş: