Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
346
Rasulullohning g‘aybdan xabar berishlaridur. G‘ayb ishlarini Allohdan o‘zga
hech kim bila
olmag‘ay. Agar payg‘ambarlar, avliyolar g‘aybdan so‘z aytgan bo‘lsalar, albatta ularga
Xudo tarafidan bildirilgan bo‘lur. Shuning uchun bularning g‘aybdan aytgan so‘zlari hech
xato chiqmagay. Bu ersa ularning Xudo yuborgan payg‘ambar ekanliklariga ochiq
dalildur.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridan keyin keladigan, bo‘ladigan
yaxshi-
yomon ishlardan xabar berganlar.
Hazrati Huzayfa shunday rivoyat qilur:
«Bir kuni Rasululloh xutba o‘qib, va’z aytdilar. Qiyomatgacha bo‘lib o‘tadigan ishlardan
gapirdilar. U so‘zlarni tutganlar, tutib qoldi, ko‘plari unutib qo‘ydi.
Ummatlari ustiga
kelgan fitnalar esa Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Qolganlari ham kelasi kunlarda
albatta shunday bo‘lg‘usidur. Rasululloh aytgan g‘ayb xabarlarini hadis olimlari o‘z
kitoblarida bayon qilibdurlar.
Hazrati Umar, Hazrati Usmon, hazrati Ali uchovlari shahodat topishlarini xabar bergan
edilar.
Rasululoh aytganlaridek, uchovlari ham shahid bo‘ldilar.
— Mendan keyin ko‘p zamon o‘tmay ummatlarim Eron, Rum xazinalarini taqsim qilg‘ay,
— dedilar.
Hazrati Umar xalifalik davrida Islom askari bu ikkala mamlakatlarni fath qilib,
xazinalarini Rasululloh aytganlaridek taqsim qildilar. U zamonda Fors (Eron) podshohi
Kisro, Rum podshosi Qaysar edi.
—
Ikkinchi Kisro chiqmagay, Rum qoldig‘i bo‘lg‘ay,— dedilar.
Ul zot aytganlaridek, Eron podsholigi yo‘qoldi. Rum podsholigi shu kungacha saqlanadi.
— Usmon o‘ldirilsa, fitna qilichi sug‘urilgay, uning qoni Qur’on oyati
«Fasayakfiykahumullohu» ustiga to‘kilgay, — dedilar.
Rasululloh aytganlaridek fitnachilar Hazrat Usmon uylariga bosib kirib,
qilich urganlarida,
o‘qib o‘ltirgan Qur’onlari oldilarida edi. Qonlari oyat ustiga to‘kildi. Hazrati Usmon
o‘ldirildi ersa, fitna qilichi sug‘urildi. Jamal urushi, Siffin urushlari chiqdi. Sahobalar
o‘rtasida ko‘p qonlar to‘kildi. Oxirida hazrati Ali xalifa bo‘lib Ko‘fada qoldi. Muoviya
Shomda podsho bo‘lib o‘lturdi.
Yana Rasululloh aytgan edilar:
— Mendan keyin o‘ttiz yil xalifalik bo‘lg‘ay.
Hazrati Abu
Bakr Siddiq ikki yilu uch oy, hazrati Umar o‘n yilu olti oy, hazrati Usmon o‘n
ikki yil, hazrati Ali to‘rt yilu to‘qqiz oy, imom Hasan olti oy xalifa bo‘ldilar. Bu
beshovlarining xalifalik davrlari o‘ttiz yil bo‘lib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi.
Rasululloh: Mundin keyin tishlagich podsholar andin so‘ngra zolim podsholar bo‘lg‘ay,
qonxo‘rlar chiqqay: deb o‘zlaridan keyin qiyomatgacha chiqadigan fitnalardan xabar
berdilar. Fitna boshliqlarining otlarigacha, ularning urug‘-aymoqlarigacha aytdilar.
Yana ul zot:
— Menim
ummatlarim rohatga berilib, o‘limdan qo‘rqib jihodni tashlasalar, Islom birligini
buzib o‘zaro ittifoq bo‘lmasalar, boshqalarga yem bo‘lib, och kishilar oldiga qo‘yilgan bir
tovoq oshdek bo‘lg‘aylar. Har qaysilari undan to‘yguncha yeyishurlar. Qur’on ko‘rsatgan
yo‘llarga qaytmaguncha, menim izimga kelib tushmaguncha
bu talon-tarojdan
qutulolmay, bu xorlikdan boshlari chiqmagay, — dedilar.
Yana bir rivoyatda:
— Kofirlar ummatlarimni o‘rtaga olishib talashgaylar. Och bo‘rilar oldiga qo‘yilmish
qo‘ydek bo‘lg‘aylar, — demishlar.
Anda bir sahoba turib:
— Yo Rasululloh, u zamondagi ummatlaringiz ozliklaridan bu xorlikka qolgaylarmu? —
dedi.