Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
337
So‘ngra oradan bir muncha zamon o‘tib Hazrati Muoviya
zamonida Quddusi sharifga
keldim. Bir kuni shahar ko‘chasida, bundan ko‘p yillar ilgari Tastar shahrida kitob hadya
qilgan kishiga yo‘liqib, uni tanidim. Ko‘rishgandan so‘ngra:
— Ey Naim, hali ham o‘z diningda erurmisan? — deb so‘radim.
— Yo‘q! Alhamdullilloh,
Islom dinini qabul qildim, — dedi.
So‘ngra u bilan Damashq shahriga kirmoqchi bo‘ldik. Ka’bul Ahbor ham bizga qo‘shilib,
uchovimiz Damashq-qa keldik. Bu kishi ersa shu zamonning ulug‘ olimlaridan edi. Buni
anglab yahud, nasoro olimlaridan bir qanchalari uning ziyoratiga keldilar. Tastar
shahridan topilgan kitob Naimning qo‘lida edi. Bu kitob ersa o‘tgan payg‘ambarlardan
qolgan va Eronistonda nusxasi saqlanganlikdan asli nusxasi buzilmagan edi. Buni bilib
Ka’bul Ahbor:
— Bu kitobni o‘qib ko‘ringlar-chi, — deb ularning qo‘liga
berdi ersa, bir oz o‘qigandan
so‘ngra o‘qiguvchining rangi o‘zgarib, o‘qishni to‘xtatdi.
Anda Naimning g‘azabi kelib:
— Bu kitob ersa, xiyonat qo‘li tegmagan, oyatlari o‘zgarmagan qadimgi kitob ekandur.
Agar oxiriga yetguncha o‘qimas ersang, mendan sog‘
qutila olmaysan, — dedi.
U ham nochor bo‘lib o‘qigan erdi, bu oyat chiqdi: «Va man yabtag‘i g‘oyrol Islomi dinan
falan yuqbala, minhu va huva fil oxirati minal xosirina».
Ya’ni, «Kim Islom dinidan boshqa dinni tutsa, hech qachon qabul qilinmaydur.
Ul kishi
oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan, bo‘lur».
Bu so‘z ersa, butun Shom xalqiga tarqaldi. Keyingi Tavrot, Injil kitoblarini buzib,
dinga
xiyonat qilganlari barchaga ma’lum bo‘ldi. Yo‘q ersa, Rasulullohning sifatlari ilohiy
kitoblarning barchasida yozilmish edi. Shu ish sabab bo‘lib, bir kun ichida Shom
shahrining yahud, nasoro olimlaridan qirq ikki kishi iymon keltirdilar.
Shu kuni
musulmonlar uchun bayram kunlaridek suyunchlik bo‘ldi. Hazrati Muoviya tomonidan
bularga hadyalar yuborildi.
Dostları ilə paylaş: