O‘TTIZ OLTINCHI MO’JIZA Onamiz Hazrati Oisha roziyallohu anho rivoyat qilur:
«Madinada bir nopok, uyatsiz xotun bor edi. Bir kuni Rasululloh o‘tirgan edilar, ustilariga
u xotun kirib qoldi. Oldilariga bir parcha qotgan go‘sht pishirib qo‘ygan edim, shundan
yeb o‘ltirur edilar.
Muni ko‘rib, u xotun:
— Ko‘ringlar bu kishinikim, qul kishilardek taom yeydur, o‘ltirishlari ham qullarga
o‘xshaydur, — deb aytdi.
Anda Rasululloh:
— To‘g‘ri, men Allohning qulidurman, qullardek o‘ltirib, quldek taom yeydurman, —
dedilar.
So‘ngra ul xotun:
— Menga ham bu taomdan bering, yeb ko‘ray, — dedi.
Eb turgan go‘shtlaridan bir parchasini berib edilar, ul xotun:
— Yo‘q, og‘zingizdagi chaynab turgan go‘shtdan so‘rayman, — dedi.
Og‘zilaridagi chala chaynalgan go‘shtdan chiqarib unga berdilar ersa, u:
— O‘z qo‘lingiz bilan yegizib qo‘ying, — dedi.
O‘z qo‘llari bilan uning og‘ziga solib qo‘ydilar. Buni yutishi bilan tavfiq chirog‘i uning
ko‘nglini yoritdi. O‘z zamonasidagi sharm-hayoli, soliha xotunlardan bo‘ldi».