www.ziyouz.com kutubxonasi
386
oxiri vatanlaridan, dinlaridan, butun insoniy huquqlaridan ham ajradilar. Lekin yuzaki
islomiyat O‘zbekiston va Sharqiy Turkiston musulmonlari ichida shu kunlargacha ham
ko‘rilmoqda edi. Endi bundan ham ajralish navbati yetib keldi. Dunyo bo‘yicha turklik
beshigi hisoblangan ikki Turkiston vatanimizni yutib, singdirish uchun kommunistik
hokimiyati ostida Sharqdan qora yalmog‘izlar, G‘arbdan sariq yalmog‘izlar o‘z erklaricha
yeyishga kirishdilar. Milliy, diniy rasm-odatlarimizni, ayniqsa, diniy ishlarimizni tub
ildizidan quritdilar. Vatanim meni haydasa ham, o‘zimga suyuklikdur. Millatim meni
xo‘rlasa ham o‘zimga qadrlikdur. Bular uchun har yaxshilikni qilmoqchi edim,
qilolmadim. Oz bo‘lsayam qilmay qarab turolmadim va kelajakdagi qahramon millat
bolalariga, balki butun Turkiston musulmonlariga o‘zimdan yodgorlik qoldirmoqchi bo‘lib
ona tilda Chig‘atoy turkiysi bilan bu kitobni yozdim. Savodlik, savodsiz, turk tillik har
qanday kishilarga ham tushunarlik bo‘lsun deb arabiy, forsiy so‘zlarni ko‘p
aralashtirmadim. Bundin maqsad Islom dinini xalqqa tushuntirish, Payg‘ambarimiz
Muhammad alayhissalomni ummatlariga tanutish edi.
Shuning uchun ham Alloh taolo har elning o‘zidan payg‘ambar chiqarib o‘z tili bilan kitob
tushirgan edi.
Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni butun dunyo xalqi, insu jinga
payg‘ambar qilib yubordi. Aning dinini dunyo xalqiga tarqatish xizmatini har el, har
yerning o‘zidan chiqqan ulamolarig‘a topshirdi.
Shunday bo‘lgach, har millatning o‘zidan yetishgan olimlari Alloh amrini, Qur’on hukmini
shularning o‘z tillarida ochiq-oydin qilib aytib turishlari, albatta, lozimdur. O‘qiganda yoki
o‘qitib eshitganda kishilar tushungudek qilib o‘z tillarida kitoblar yozib qoldirishlari
zarurdir. Shu sababdan men bu kitobni boshqa til qo‘shmay so‘zlarini soddalashtirib
yozdim. O‘qigan va eshitganlar yaxshi tushunib tursalar, maqsadimiz shuldur.
Bu kitobni yozganimda ushbu asarlardan foydalandim: «Zodu ma’od», «Siyratul
Halabiyya», «Siyratun nabiy», «Shifoi Sharif», «Nurul yaqin». Shularni ko‘z oldimda
tutdim, ayniqsa, «Siyratul Halabiyya»ning ma’lumoti kengroq bo‘lgach, unga ko‘proq
qaradim. Me’roj voqeasini «Sahih Buxoriy»dan ko‘tardim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tarixlari, yozilmish kitoblarning mo’tabarlari
shulardur. Ushbu asarlarning mualliflarini Alloh rahmat qilsin. Rasulullohning sifatlari,
tarjimai hollari, balki kundalik qilgan ishlarini bizlarga yetkazgan zotlar sahobalardur.
Alloh ulardan rozi bo‘lsin, ulug‘ ajrlar ato qilsin.
Menim yana vasiyatim shuldurkim, o‘z avlod-nasllarimdan har bir oilada bu kitobdan bir
nusxa saqlanishi, albatta, zarurdir. Agar kelgusi zamonlarda imkoniyat topilar ekan,
besh-o‘n minglab bostirib, har ikki Turkiston xalqiga, asli vatan egalariga tarqatishni
ularga topshirdim. Menim bu topshirig‘imni vaqti kelganda bajarish o‘z avlodim ustiga
yuklangan muqaddas bir ulug‘ vazifadur.
Agar musulmonlar shu kitobda yozilmish so‘zlarni amalga oshirsalar, Rasululloh
so‘zlaricha, dunyo xorligidan, oxirat azobidan qutulishlari shubhasizdur. Hech
bo‘lmaganda Payg‘ambarimiz aytgan qiyomatgacha haq yo‘ldan adashmaydigan, najot
topgan bir toifa ummatlaridan bo‘ladilar va ham islom dinining asosiga tushunib,
dinsizlik balosidan o‘zlarini, avlod-nasllarini qutqara oladilar. Chunki, bu balodan qutulish
uchun din tarixini bilishdan o‘zga chora yo‘qdur. Din tarixini bilishga, Rasulullohning
tarjimai hollaridan xabardor bo‘lishga bizning kitobimiz kafildur.
Xohi avlodlarim, xohi boshqa vatandosh din qarindoshlarimiz bo‘larlar, ibrat ko‘zini
ochib, aql ko‘zgusini qo‘liga olib, har yili bu kitobni bir yo‘l boshdan-oyoq o‘qib
tushirishni o‘zlariga vazifa qilsinlar. Inshaalloh, kitob xatm bo‘lgan chog‘da qilgan duolari
Xudo dargohida maqbuldur. Aning uchunkim, 360 jangchi — Badr g‘oziylarining
muborak ism-shariflari bu kitobda yozilmishdur. Shuning uchun o‘qiguvchilarning duolari