www.ziyouz.com kutubxonasi
383
— To‘g‘ri tortgil, — dedilar ersa, u irg‘ib turib qo‘llarini o‘pmoqchi bo‘lgan edi, tortib olib:
— Ajam xalqi podsholariga shundoq qiladilar. Men podsho emas, sizlardan chiqqan bir
odamman, — dedilar.
So‘ngra bozordan olgan narsalarini men ko‘tarmoqchi bo‘lgan edim Rasululloh:
— Har kim molini o‘zi ko‘targani yaxshidur. Uzrsiz hech kim birovga yuk bo‘lmasin, —
deb olgan narsalarini o‘zlari ko‘tardilar.
Bundan ummatlariga ibrat qoldirdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoni
suymadilar, uning noz-ne’matiga aldanmadilar. Dunyoning hech bir narsasiga qiziqib
qaramadilar, ozga qanoat qildilar. Tog‘-toshlardagi oltin-kumush konlari, balki ulug‘
tog‘lar, qip-qizil tillo bo‘lib Rasulullohga ko‘rindi. Undagi har turlik gavhar toshlar:
— Yo Rasulalloh, mendan oling, — deb o‘ziga qiziqtirmoqchi bo‘ldi, hech biriga nazar
solmadilar. Dunyodan o‘tganlaricha shu holda turdilar. Vafot bo‘lganlarida oila hojatlari
uchun sovutlari bir yahudiyga garovga qo‘yilgan edi.
Oisha onamiz:
— Rasululloh vafot bo‘lgunlaricha uch kun birdek surunkasiga bug‘doy nonga
to‘yganimizni bilmaymiz. Tillo tanga, jonlik-jonsiz hech bir narsa bizga meros bo‘lib
qolgani yo‘q. Rasululloh menim uyimda o‘z quchog‘imda turib jonlari uzildi. Shu kuni bir
ozgina arpadan boshqa yeydigan hech narsa yo‘q edi, — dedilar.
Rasululloh:
— Makkaning qumtoshlarini oltin qilib menga tengladilar. YO rabbim, bir kuni to‘q, bir
kuni och bo‘lganim yaxshidur. Och bo‘lgan kunlarim senga yolvorurman. To‘q bo‘ldim
ersa, senga tashakkur qilurman.
Onamiz Oisha aytadi:
— Biror oylab uyimizda o‘t yoqib, qozon qaynamagan kunlarimiz ko‘p bo‘lur edi. U
vaqtda non ham yo‘q, quruq xurmo bo‘lib, undan yeb ustidan suv ichar edik.
Rasulullohning to‘shak yostiqlari ersa mesh teridan yasalib, ichiga xurmo qipig‘i
to‘ldirilmish edi. Elangan oq bug‘doy nonni, o‘tlagan semiz qo‘y etini umr ichida
ko‘rmadilar. Qorin to‘ydirib taom yemadilar, kechasi och yotib, yana kunduzi ro‘za tutar
edilar. Qaysi bir kunlari Rasulullohga rahmim kelib yig‘lar edim. Orqalariga yopishgan
qorinlarini silab:
— Ota-onam sizga fido, yo Rasulalloh, dunyo noz-ne’matlaridan biroz foydalansangiz
nima bo‘lur? — dedim.
Anda ul zot:
— Ey Oisha, o‘tgan payg‘ambar birodarlarim mundan ham qattiqchiliklarga chidab yurib,
Parvardigor oldiga bordilar. Ularga Alloh ko‘p hurmatlar ko‘rsatib, ulug‘ ne’matlar ato
qildi. Endi men shularning ahvolini bilaturib dunyodan lazzatlanishga hayo qilurman, —
dedilar.
Bir kuni Hazrati Ali karamallohu vajha:
— Yo Rasulalloh, sizning sunnatingiz qaysidur?— deb so‘radilar.
Anda Rasululloh:
— Ma’rifat menim sarmoyamdur, dinimning asli aqldur. Ishimning asosi muhabbatdur.
Muhabbatsiz hech ish vujudga kelmas. Qurolim ilmdur, ilmsiz amalni Xudo qabul qilmas.
Sabr menim libosimdur. Sabrsiz iymon kamolga yetmas. Kasbim jihoddur, mundan
qochganlar xorlikka qolgaylar. Hamrohim Xudo yodidur. Hunarim dunyoni tark qilishdur.
Boyligim Xudo xazinasiga ishonishdur. Ko‘zim nuri, ko‘nglim chirog‘i namozdur. Ko‘nglim
mevasi Xudo zikridur. Faqirligimga faxrim bordur. G‘amim ummatim uchundir. Shavqim
Xudo diydorini ko‘rishdur, — dedilar.
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
— Ey mo‘minlar! Xabibim Muhammadni sizlarga payg‘ambar qilib yubordim. Uning