www.ziyouz.com kutubxonasi
97
qishloqqa kelganda, vafot topib, shunda dafn qilindi. Bu kishi Xudo uchun muborazat
maydonida jon berib, Raziyallohu anhu, (Xudo undan rozi bo‘lsin) shahodat topgan
Islom bahodirlarining birinchisi edi. So‘ngra Rasululloh tepa ustiga qurilgan joylaridan
tushib, askarlarga qarab aytdilarkim:
— Mendin buyruqsiz dushmanga hujum qilmagaysiz. Agar sizlardin ilgari ular hujumga
o‘tsalar, yaqinlashib kelgunlaricha alarni o‘qqa tutinglar. Bu ish dushman kuchini
sindirib, orqaga chekintirgay. Agar ustingizga yetib kelsalar, u holda qilich sug‘urib,
qarshi hujumga o‘tinglar, har kim urushda chidamlik qilur ersa, zafar uning bilan bo‘lur.
Urush safida sabr qilguvchilarga Alloh yordam berur.
Bu so‘zdin so‘ngra hazrati Abu Bakr Siddiq bilan o‘z o‘rinlariga yondilar. Bu orada urush
ham qizigali turdi. Anda Payg‘ambarimiz shu duoni o‘qidilar:
«Allohumma unshiduka ahdaka va va’daka, Allohumma in zaharuv ala hazihil isobati
zaharash shirku vala yaquvmu laka din».
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, mo‘minlarga nusrat berurman, deb o‘zing va’da qilgan eding.
Endi shu va’daga vafo qilmoqni sendin talab qilurman. Agar shu kungi urushda kofirlar
g‘alaba qilib, musulmonlar yengilsalar, kufr rivoj topgay. Yer ustida haq din bosh ko‘tara
olmagay», demakdur.
Bu duodin so‘ngra biror soat o‘tmasdanoq, dushman askari buzilib, orqa o‘girib qochgali
turdilar. Alloh taolo mo‘minlarga farishtalar orqalik yordam yetkazdi. Quraysh va
boshqalardin bo‘lib, dushman tarafidin yetmish kishi o‘ldirildi. Yana shu barobarinda
yetmish kishi asir olindi. Musulmonlarda har to‘g‘rilik kamchiliklar bor edi. Shunga
qaramasdan Allohning yordami bilan, o‘zlaridan uch barobar ortiq dushmanlarini
yengdilar. Bu g‘azotda hozir bo‘lgan sahobalar uch yuz o‘n uch kishi edi. O‘rtalarida ikki
ot, yetmish tuyadan boshqa minarlik narsa yo‘q edi. Urush qizib kelgan chog‘da
Payg‘ambarimiz chayladin chiqib, baland ovoz bilan shu oyatni o‘qidilar. Musulmonlarga
nusrat berish haqida Allohdin shu oyat vahiy bo‘lgan edi:
«Sayuhzamul jam’u va yuvallunaddubur», ya’ni, «Kufr qo‘shini endi albatta yengilgaylar
va orqa o‘girib qochgaylar», demakdur.
Bu oyatda aytilgandek, alarning ko‘ngillari qo‘rqinchlikka to‘ldi. Jonlari bo‘g‘izlariga keldi.
Hech yerda qayrilib qaray olmay, o‘lgandin, asir berilgandin qolganlari qochib, arang jon
tutqondilar. Bu urushda Abu Jahl boshliq Quraysh raislaridin bir necha atoqlik kishilar
o‘ldirildi. Ko‘plari tutqin olindi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «xaza masra’u
fulan», ya’ni, «falonchi shu yerga yiqilib o‘lar, falonchi bu yerda yiqilib o‘lar», deb
ularning o‘ladigan joylarini sahobalarga ko‘rsatgan edilar. Payg‘ambarimiz qaysi joyni
ko‘rsatgan bo‘lsalar, naq shu o‘rinda o‘ldirildilar. Bu ham Rasulullohning mo’jizalaridur.
So‘ngra o‘liklarni oralab qarasalar, Abu Jahl ko‘rinmadi. Uning holi nechuk bo‘ldi,
bilmadik, dedilar. Rasulullohdin bu so‘zni onglab bir necha sahobalar ani izlagani
turdilar. U bo‘lsa, o‘liklar ichida ramaqijon (chalajon) bo‘lib yotgan ekan. Ibn Ma’sud
ko‘rib, aning kallasini kesayotganda: «Kim bo‘lsang ham, bo‘ynim bilan qo‘shib, kallamni
kattaroq qilib kesgin, Muhammad oldiga tashlaganingda, aning ko‘ziga haybatlik
ko‘rinsun», dedi. So‘ngra boshni kesib, Rasululloh oldilariga keltirib tashladi. Buni ko‘rib,
Rasululloh Allohga hamd-sano aytgandin so‘ngra:
— Har ummatning o‘z ichidan chiqqan bir fir’avni bo‘lur. Bu ummatning fir’avni Abu Jahl
edi, buning haloki bilan Islom dini rivoj topar, — dedilar.
So‘ngra buyurdilar, borib maydonda yotgan o‘liklar yig‘dirilib, shu joydagi quduqlarga
ko‘mildi. Rasulullohning odatlari qaysi yerda odam o‘ligi ko‘rsalar, uning kim ekanligini
so‘ramasdan, darrov ko‘mishga buyurar edilar. Mushriklar o‘liklarini quduqqa
tashlanayotgan chog‘da, ulug‘ sahobalardin Abu Huzayfa qarab turgan edi. Ukasi Valid,
amakisi Shayba tashlangan vaqtda uncha o‘zgarmagan bo‘lsa ham, otasi Utbaning